×

Youth and Climate Governance: Toshkentda iqlim siyosatiga qiziquvchilar uchun konferensiya


Grant

MUHLAT

03.11.2025

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1957 marta

Youth and Climate Governance: Road to COP30 konferensiyasi iqlim siyosati, diplomatiya va yoshlarning global muzokaralardagi roliga bag‘ishlangan interaktiv workshopdir. Tadbir 2025-yil 4-noyabr kuni Toshkent shahridagi UNICEF ofisida bo‘lib o‘tadi. Dastur iqlim siyosatida faol yoshlar hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mazkur konferensiyaning maqsadi yoshlarni BMT iqlim sammitlari (COP) jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, iqlim diplomatiyasining amaliy tomonlarini ko‘rsatish va ularni muzokara madaniyatiga tayyorlashdir. Tadbir davomida ishtirokchilar COP sammitlarida qatnashgan yoshlar, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari va xalqaro ekspertlardan real tajriba eshitadilar.

Workshop quyidagi uch asosiy qismlardan iborat bo‘ladi:

  1. COP28 va COP29 sammitlarida qatnashgan yoshlarning tajriba almashinuvi.
  2. O‘zbekistonning milliy delegatsiyasi vakili bilan jonli suhbat.
  3. “Mini-COP” simulyatsiyasi — unda ishtirokchilar muzokarachi rolida chiqish qilib, global iqlim qarorlarining qanday qabul qilinishini amalda sinab ko‘radilar.

Tadbir davomida, shuningdek, yoshlarning O‘zbekiston iqlim siyosatini shakllantirishdagi roli, ularning tashabbuslari va keyingi ishtirok imkoniyatlari haqida ham muhokamalar olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Iqlim siyosatiga qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur shtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • COP sammitlarida qatnashgan yoshlar bilan muloqot qilish va ularning tajribasidan bahramand bo’lish.
  • O‘zbekiston milliy delegatsiyasi vakillari bilan bevosita muloqot qilish.
  • Iqlim diplomatiyasi bo‘yicha mini-muzokaralarda ishtirok etish.
  • Iqlim siyosati va yoshlar faolligini amaliy tarzda o‘rganish.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun talablar quyidagicha:

  • Diplomatiya, iqlim yoki ekologiyaga qiziqish.
  • 2025-yil 4-noyabr kuni Toshkentda oflayn qatnashish imkoniyatiga ega bo’lish.
  • O‘rganish, fikr almashish va muhokamalarda faol ishtirok etishga tayyor bo’lish.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish (tadbir shu tilda o‘tkaziladi).
  • Ingliz tilini mukammal bilmaslik ishtirokni cheklamaydi, kuchli motivatsiya yetarli hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchunnomzodlar 2025-yil 2-noyabr soat 18:00 gacha BU YERDA onlayn ariza topshirilishi kerak.

Faqat saralangan nomzodlargagina dastur natijasi haqida xabar beriladi.

Eslatma: Dasturga qatnashishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!