×

“INSON” loyihasi doirasida tadqiqotlarni boshqarish bo‘yicha bepul oʻquv kursi


Grant

MUHLAT

15.11.2025

QOLGAN VAQT

9 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

429 marta

Jahon bankining “INSON” loyihasi doirasida Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (Social Policy Lab) hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan dalillarga asoslangan siyosat yuritishda tadqiqotlarni to‘g‘ri olib borish bo‘yicha bepul o‘quv kursini tashkil etilmoqda. O‘quv kursi Tadqiqotlarni boshqarish (Research Management) mavzusida bo‘lib haftasiga ikki marta bo‘lib o‘tadi, har bir mashg‘ulot 2–3 soat davom etadi.

Kursning davomiyligi 40 soat:

  • Ijtimoiy fanlar tadqiqotchilari uchun Loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv dasturi (24 soat)
  • Tadqiqot etikasi va odamlar bilan ishlash etikasi boʻyicha trening (6 soat)
  • Tadqiqotda samarali muloqot trening dasturi (10 soat)

Grant kimlar uchun?

Tadqiqot olib borishni rejalashtirayotganlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari:

  • Bepul ta’lim dasturi orqali zamonaviy ilmiy-tadqiqot va loyiha boshqaruvi ko‘nikmalarini o‘rganish.
  • Jahon banki va xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv materiallari asosida o‘qish.
  • Nvivo dasturi orqali sifat tadqiqotlarini amaliy o‘rganish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  • Darslarga muntazam qatnashish va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish lozim (dastur mashgʻulotlari Toshkentda oʻtkaziladi).
  • Oʻquv materiallarining bir qismi ingliz tilida boʻlgani sababli ingliz tilini maʼlum darajada bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun nomzodlar 2025-yil 15-noyabrga qadar BU YERDA ro’yxatdan o‘tishlari mumkin. Topshirilgan arizalar asosida nomzodlar saralab olinadi

Eslatma: dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!