UK Alumni Innovation Lab — bu British Council va TEAM University hamkorligida tashkil etilgan, Buyuk Britaniya universitetlari bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar akseleratsiya dasturidir. Dastur ishtirokchilarga biznes-g‘oyasini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bilim, mentorlik va xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.
Dastur davomida ishtirokchilar yetakchi tadbirkorlar, investorlar va mutaxassislar bilan ishlashadi hamda o‘zlarining startap g‘oyalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘lishadi. Eng yaxshi loyihalar 1400 AQSH dollari miqdoridagi grant bilan taqdirlanadi.
Dastur davomiyligi va asosiy tadbirlar
UK Alumni Innovation Lab bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib 2025–2026 yillar qish mavsumida o‘tkaziladi. Birinchi uchrashuv 12-dekabr, 18:30 sanasida TEAM University kampusida bo‘lib o‘tadi.
Dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- The Zero-Budget MVP: G‘oyani minimal resurslar bilan testlab ko‘rish va mijoz og‘riqlarini aniqlash (Hikmat Abdurahmonov bilan).
- Bootstrapping & Monetization: Startapning daromad modelini ishlab chiqish va Lean Canvas asosida biznesni shakllantirish.
- SMM Essentials: Minimal budjet bilan maksimal ta’sirga erishish strategiyalari.
- Venture Capitals: Aloqa Ventures, United Ventures va IT Park Ventures ekspertlari bilan investorlar bilan ishlash asoslari.
- Mentorship Sessions: TEAM University ustozlari bilan individual maslahatlar.
- Final Pitch Day
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etadilar va g‘oliblar grant bilan taqdirlanadilar.
Dastur kimlar uchun?
Dastur faqat quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar uchun mo‘ljallangan:
- Buyuk Britaniya universitetlaridan birini tamomlagan (alumni) nomzodlar
- Innovatsion g‘oyaga ega bo‘lgan yoki uni rivojlantirmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar
- O‘z loyihasini startapga aylantirishni, biznes boshlashni yoki ijtimoiy ta’sirga ega tashabbus yaratishni istaydiganlar
- Mentorlardan professional ko‘mak olishga tayyor bo‘lgan ishtirokchilar
Dastur imtiyozlari va grantlar
UK Alumni Innovation Lab ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- British Council tomonidan taqdim etiladigan 1400$ grant (eng yaxshi loyihalar uchun)
- Yirik tadbirkorlardan mentorlik
- Investorlar bilan netvorking
- TEAM University resurslaridan foydalanish (laboratoriyalar, maydonlar, tadbirlar)
- Startap g‘oyasini testlab ko‘rish, yaxshilash va ishlab chiqish imkoniyati
Qabul jarayoni va ro‘yxatdan o‘tish
Nomzodlar 2025-yil 6-dekabrgacha BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Ariza topshirish jarayonida nomzodlardan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:
- Shaxsiy ma’lumotlar
- Buyuk Britaniya universitetidagi ta’lim haqidagi ma’lumot
- Loyihaning qisqacha tavsifi
- Motivatsion qisqa izoh
Murojaat uchun kontaktlar:
- Telefon: +998 71 200 20 60
- Email: info@teamuni.uz




