×

TEAM University va The Stirling Foundation tomonidan bepul ta’lim dasturi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

512 marta

CHOP ETILGAN

23.12.2025

TEAM University va The Stirling Foundation hamkorligida motivatsiyaga ega va moliyaviy jihatdan ehtiyojmand yoshlar uchun grant asosidagi ta’lim dasturi ishga tushirilmoqda. Ushbu tashabbus sifatli ta’lim olishni istagan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Dastur doirasida ishtirokchilarga ingliz tilini bepul o‘rganish imkoniyati taqdim etiladi. Ta’lim jarayoni tilni amaliy jihatdan o‘zlashtirish, uni o‘qish va professional muhitda samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan. Shuningdek, dastur davomida ishtirokchilar uchun SMM va IT yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar berilishi ham rejalashtirilgan.

Dastur haqida

Ushbu dastur 6 oy davomida bepul ta’limni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar professional o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi va ingliz tili bilan bir qatorda SMM va IT yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilimlar ham taqdim etiladi.

Dastur doirasida jami 40 nafar yosh ishtirok etishi rejalashtirilgan. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar ishtirokchi TEAM University’da 100% grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur mashgʻulotlari TEAM universitetida (Toshkent shahri) oʻtkaziladi.

Ishtirok etish shartlari va tanlov

Ushbu dastur moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga ega va ta’lim olishga chin dildan qiziqqan yoshlar uchun mo‘ljallangan. Tanlov bir necha bosqichda o‘tkazilib, eng asosiy mezon sifatida nomzodlarning motivatsiyasi va rivojlanishga bo‘lgan intilishi baholanadi.

Dasturda qatnashish uchun yoshlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 16–18 yoshdagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar;
  • Faqat 11-sinfni joriy yili bitirayotgan yoki avval bitirgan, ammo hali oliy o‘quv yurtiga topshirmagan yoshlar;
  • 6 oy davomida bepul ta’lim olishga tayyor bo‘lish;
  • Darslarda professional o‘qituvchilar bilan ishlashga tayyor bo‘lish.

Dastur yakunida:

  • Eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 ishtirokchi TEAM University talabaligiga tavsiya etiladi. Ularning kontrakt to‘lovlari to‘liq qoplanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun BU YERDA ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun:

  • Telefon: +998 71 200 20 60
  • Email: info@teamuni.uz
  • TEAM universiteti manzili: Toshkent shahri, Milliy Tiklanish ko‘chasi, 146

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!