×

DGIST Graduate School Research Internship: Bakalavrlar uchun Koreyada 6 haftalik haq toʻlanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

05.03.2026

QOLGAN VAQT

16 kun

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

370 marta

Bakalavrlar uchun DGIST tadqiqot amaliyoti dasturi turli davlatlarda bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalarga DGIST aspirantura maktabida turli xil ilmiy mavzularni oʻrganish va 6 hafta davomida amaliy fanlararo tadqiqotlar olib borish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu dasturning navbatdagi mashgʻulotlari 2026-yilning 29-iyunidan 7-avgustigacha davom etadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Nomzodlar ariza topshirish vaqtida quyidagi sohalardan birini tanlashi kerak:

  • Physics and Chemistry
  • Electrical Engineering and Computer Science
  • Robotics and Mechatronics Engineering
  • Energy Science and Engineering
  • Brain Sciences
  • New Biology
  • Interdisciplinary Studies

Grant kimlar uchun?

Kamida 4-semestrni bitirgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Dasturda bepul ishtirok etish.
  • Yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlarini qoplash uchun 1 560 000 von (taxminan 1080 AQSH dollari) miqdorida mablagʻ.
  • Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin maxsus sertifikat.
  • Xalqaro ishtirokchilar uchun Koreya madaniyati bilan tanishuv seansi, bir kunlik sanoat sayohati va boshqalar kabi maxsus dasturlar (ushbu bandda sanalgan dasturlarda qatnashish uchun alohida toʻlov mavjud).

*Dastur ishtirokchilari xalqaro va ichki transport xarajatlari, viza uchun toʻlovlar hamda boshqa qoʻshimcha xarajatlarni oʻzlari (oʻz yonidan) toʻlashi lozim. Bundan tashqari, ular Koreyada boʻlgan davrlarida tibbiy sugʻurta uchun toʻlovni amalga oshirishlari zarur.

Talablar:

Nomzodlar uchun uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomdozlar bakalavriat talabasi boʻlishi va ariza topshirish vaqtida kamida oʻqishning 4 semestrini yakunlagan boʻlishi lozim. Magistratur va PhD bosiqichi talabalari ariza topshira olmaydi.
  • Nomzodlarning oʻz universitetida olgan baholari oʻrtachasi (GPA) kamida 75% foizni tashkil etishi kerak.
  • Nomzodlar ushbu dasturda ishtiroki davomida oʻzi oʻqiyotgan universitet talabalari safida qolishi (talabalar safidan chiqarilmasligi) kerak va dastur tugagandan keyin kamida 1 semestr oʻz universitetida oʻqishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Biroq ingliz tili darajasini tasdiqlovchi sertifikatni topshirish talab etilmaydi.
  • Hozirda Koreyada D2 vizasi bilan tahsil olayotgan talabalar ham ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 4-mart 20:00 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn shaklda BU YERDA topshirishingiz mumkin.

Ariza topshirish vaqtida nomzodlar onlayn platformada soʻralgan maʼlumotlarni kiritishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:

  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olishingiz mumkin (sahifa oxiriga tushib, “Application Form” tugmasini bosing).
  • Talaba ekanlik haqidagi maʼlumotnoma (nomzod oʻqiyotgan universitet tomonidan beriladi).
  • Universitetda olingan baholar. Bu hujjatda baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi (GPA) va ular qanday hisoblanishi koʻrsatilishi kerak.

Shuningdek, nomzod oʻqiydigan universitetdagi professor-oʻqituvchi yoki ilmiy rahbardan bitta tavsiyanoma ham talab etiladi. Onlayn platformada nomzod tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlarini (jumladan, email manzilini) kiritadi va tavsiya beruvchi maxsus tavsiyanoma shaklini toʻldirib, oʻzi tizimga yuklashi kerak boʻladi. Maxsus tavsiyanoma shaklini BU YERDAN yuklab oling (sahifa oxiriga tushib, “Recommendation Letter Form” tugmasini bosing).

Yuqoridagi hujjatlarning barchasi ingliz tilida boʻlishi lozim.

Nomzodlar ariza shaklida oʻzlari afzal koʻrgan fakultetni (preferred department) va shu fakultet ichidagi 2 ta laboratoritani tanlashi kerak.

MUHIM: Ariza berishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va dastur tafsilotlari bilan batafsil tanishib chiqing (dastur tafsilotlari rasmiy eʼlon sahifasining oxirida joylashgan: sahifa oxirida “Program Details” tugmasini bosing).

Savollar yuzasidan intl_internship@dgist.ac.kr email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!