TULIP xalqaro yozgi maktabining 14-mavsumi 2026-yil 27-iyundan 3-iyulgacha Fransiya Pireney togʻlaridagi Germ shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu yozgi maktab LabEx TULIP tomonidan tashkil etiladi.
Bu yilga yozgi maktabning mavzusi: “Biological interactions from genes to ecosystems (Genlardan ekotizimlargacha biologik oʻzaro taʼsirlar).”
Yalpi maʼruzalar hamda fanlararo loyihalar uchun ilmiy tanlovlar eʼlon qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotni oʻz ichiga olgan ushbu yozgi maktab dasturi organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirlarning barcha jihatlarini – molekulyar darajadan tortib, populyatsiyalar va hamjamiyatlar doirasidagi eko-evolyutsion miqyosgacha qamrab oladi.
Yozgi maktab har yili 24 nafar ishtirokchini qabul qiladi:
- Doktorantura (15 kishi)
- Magistratura (5 kishi)
- Post-doktorantura (5 kishi)
Qabul qilinga ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Oʻzlari tanlagan soha bilan tutash yoʻnalishlarda yangi ilmiy mavzularni oʻrganish.
- Ushbu ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha jamoaviy tadqiqot loyihasi taklifini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
- Tuluza, Mulis, Perpinyan shaharlaridagi hamda xalqaro tadqiqot boʻlinmalarining katta va kichik ilmiy xodimlari bilan tanishish.
- Pireney togʻlaridagi yoqimli oʻquv muhitidan bahra olish.
Dastur mashgʻulotlari toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura, doktorantura (PhD) va post-dokrantura talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Ishtirok etish bepul.
- Tuluza shahridan yozgi maktab mashgʻulotlari oʻtkaziladigan manzillarga boʻlgan transport xarajatlari qoplanadi.
- Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
*Boshqa mamlakat/shahardan Tuluza borish uchun ketadigan safar xarajatlari va safar sugʻurtasi xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanmaydi, bu xarajatlarni ishtirokchilarning oʻzlari qoplashi zarur.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod magistratura, doktorantura yoki post-doktorantura talabasi boʻlishi kerak.
- Nomzodlar biologiya yoki ekologiya sohasida (yoki shu sohalarga yaqindan aloqador sohalarda) tahsil olishi kerak.
- Nomzodlar ingliz tilini yetarlicha yaxshi bilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 2-martgacha qabul qilinadi. Arizalarni onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin.
Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, quyidagi hujjatlarni .pdf yoki .doc shaklida yuklash kerak:
- CV
- Muqova xati (Cover letter)
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan emailiga murojaat qilishingiz mumkin.




