×

Oʻzbekiston: “Young Climate Champions” dasturi doirasida media kontent yaratish boʻyicha 3 oylik amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

11.03.2026

QOLGAN VAQT

4 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

535 marta

UNICEF qaramogʻidagi “Young Climate Champions” (YCC) dasturi uchun media kontent yaratish boʻyicha 3 oylik amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturga qabul qilinganlar nafaqat YCC doirasida kontent yaratishga yordam beradi, balki butun Oʻzbekiston boʻylab oʻz taʼsiriga ega, yoshlar boshchiligidagi haqiqiy iqlim harakatining bir qismiga aylanadi.

Amaliyotchilarning vazifalari:

  • YCC ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini birgalikda yuritish
  • Iqlimga oid choralar haqida postlar, reels va qisqa videolar yaratish
  • Oʻzbekiston boʻylab yoshlar tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarni yoritib borish
  • Vebinarlar va iqlimga oid tadbirlarni targʻib qilishga koʻmaklashish
  • Har oylik kontentni rejalashtirish va yangi gʻoyalar muhokamalarida ishtirok etish

Amaliyot onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Dastur doirasida bir nechta koʻngilli amaliyotchini tanlab olish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Oʻzbek va ingliz tilini biluvchi hamda mediada kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • UNICEF tomonidan maxsus sertifikat
  • UNICEF tomonidan tavsiyanoma
  • Oʻzbekistondagi yoshlar iqlim tarmoqlariga qoʻshilish imkoniyati
  • Yangi doʻstlar va tarjiba orttirish

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Canva, CapCut, Premiere yoki shu kabi vositalarda ishlata olish kerak
  • Instagram kontenti qanday ishlashini bilish kerak
  • Iqlim va ekologiya haqida qaygʻuradigan boʻlish kerak
  • Oʻzbek va ingliz tilida gaplasha olish kerak (rus tilini ham bilish qoʻshimcha ustunlik beradi)
  • 3 oy davomida muntazam amaliyot vazifalarini bajarish masʼuliyatini zimmasiga olish kerak

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 10-mart, soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!