×

Kelajak muhandislari: Talabalar va OTM oʻqituvchilari uchun xorijda stajirovka oʻtash imkoniyati – barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

21.05.2026

QOLGAN VAQT

6 kun

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

315 marta

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu stajirovka muhandislik sohasida innovatsion g‘oya, loyiha yoki texnologik ishlanma ustida ishlayotgan nomzodlar uchun moʻljallangan. “Kelajak muhandislari” stajirovka dasturi doirasida istiqbolli mualliflar xorijning yetakchi muhandislik tashkilotlari, ilmiy markazlari va innovatsion ekotizimlarida stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur dastur muhandislik, texnologiya va innovatsiyalar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yoshlarning bilim va tajribasini oshirish, ularning ishlanmalarini xalqaro darajaga olib chiqish hamda amaliy loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Stajirovka davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • zamonaviy muhandislik yechimlari bilan tanishadi
  • xalqaro ekspert va mutaxassislar bilan ishlaydi
  • innovatsion markazlar faoliyatini o‘rganadi
  • o‘z loyihasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradi
  • xalqaro hamkorlik va tanishlar orttirish

Grant kimlar uchun?

20-40 yoshli bakalavrlar, magistrlar va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilarning stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha xarajatlari, jumladan, quyidagilar Vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari qoplanadi:

  • Xorijiy davlatga borib kelish, u yerda yashash, xarajatlari, kunlik xarajatlar va ichki transport xarajatlari
  • Stajirovkalarga qabul qiluvchi xorijiy tashkilotlar oʻrtasida stajirovkalarni tashkil etish boʻyicha tuziladigan shartnomalarda koʻrsatiladigan xarajatlar
  • Stajirovka tashkil etiluvchi xorijiy davlatlarning viza hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar
  • Sugʻurta xarajatlari va boshqalar

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 20-40 yoshli bakalavrlar, magistrlar yoki oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar ariza topshira oladi.
  • Nomzodlar stajirovka oʻtashga istiqbolli muhandislik ishlanmalari (gʻoya, loyiha yoki ixtiro) muallifi boʻlishi, xorijiy tillarni oʻzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʻlgan darajada bilishi lozim.
  • Nomzod stajirovka yoʻnalishiga muvofiq sohaviy bilim va koʻnikmalarga, stajirovkani amalga oshirish boʻyicha aniq reja hamda maqsadlarga ega boʻlishi lozim.

Dasturga quyidagi ishlanmalar qabul qilinadi:

  • innovatsion va amaliy ahamiyatga ega loyihalar
  • texnik va iqtisodiy asoslangan ishlanmalar
  • rivojlantirish va tijoratlashtirish imkoniyatiga ega g‘oyalar
  • zamonaviy texnologik yechimlarni o‘z ichiga olgan loyihalar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 20-may 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzodlar ariza topshirish uchun tizimga OneID yoki boshqa muqobil usullar orqali kirishi lozim.

Nomzodlar Vazirlikka quyidagi maʼlumot (hujjat)larni taqdim etadilar:

  • nomzodning maʼlumotnomasi (anketa);
  • oliy taʼlim tashkilotining birinchi rahbaridan tavsiya xati;
  • nomzodning xorijga chiqish pasporti nusxasi;
  • nomzodning 3×4 sm oʻlchamdagi oq fondagi rangli fotosurati;
  • oʻqish yoki ish joyidan maʼlumotnoma;
  • nomzodning xorijga chiqishga taqiq yoʻqligi boʻyicha maʼlumot;
  • muhandislik ishlanmalari (gʻoya, loyiha yoki ixtiro) haqida maʼlumot;
  • xorijiy tillardan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar, muddati oʻtgan hujjatlar bundan mustasno), agar mavjud boʻlsa.

Stajirovkaga jami 10 nafar ishtirokchi (5 nafar talaba, 5 nafar oʻqituvchi) qabul qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar va dastur nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan +998 50 210 63 38 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!