Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “WikiSfera II” yozgi oromgohi tashkillashtirilmoqda.
Ushbu Oromgohdan asosiy maqsad – Vikipediya onlayn ensiklopediyasining O‘zbek tilidagi bo‘limida mavjud maqolalar soni va sifatini oshirish. Oromgoh 2026-yilning yozida Toshkent shahri, Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida 6 kun davomida tashkil etiladi.
Oromgohni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
- Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining mazmuni, ishlash tamoyillari va imkoniyatlari haqida tushuncha berish.
- Ishtirokchilarda tahrirlash madaniyatini shakllantirish.
- Yoshlarning axborot izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining O‘zbek tilidagi bo‘limiga maqola joylashni o‘rgatish.
Bu safar oromgoh mashhur Garri Potter filmlari ruhida tashkil etiladi.
Oromgohga 16 yosh va undan katta talabgorlardan arizalar qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
16 yosh va undan kattalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilinganlarning oromgohda ishtirok etishi bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplab beriladi (viloyatdan keladigan ishtirokchilarning Toshkent shahriga kelish va qaytish xarajatlari bundan mustasno).
Talablar:
Qabul talablari quyidagicha:
- Oromgohga 16 yosh va undan katta talabgorlardan arizalar qabul qilinadi.
- Talabgorlarda quyidagi sertifikatlardan biri bo‘lishi shart. Sertifikatlarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
– xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat (ingliz tilidan B2);
– xalqaro sertifikat (IELTS 6);
– o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha B+ darajadagi milliy sertifikat (sertifikatlarning barchasi bitta faylda yuklanishi lozim). - Ishtirokchilar oromgohga o‘zlari bilan noutbuk olib kelishi shart.
- “WikiSfera” oromgohining 1-mavsumiga qabul qilingan ishtirokchilar 2-mavsumda qatnasha olmaydi. 1-mavsumdagi faolligi uchun 2-mavsumga yo‘llanma olgan 10 nafar ishtirokchi va Vikipediyaning faol foydalanuvchilari bundan mustasno.
Ariza yuborish uchun bir marotaba imkon beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yilning 20-mayidan 20-iyunigacha @WikiTanlov_bot Telegram boti orqali qabul qilinadi.
Talabgorlar o‘zlarining shaxsiy qiziqishlari, faoliyati hamda oromgohda ishtirok etish bo‘yicha maqsadlarini yoritib beruvchi 200-300 so‘zdan iborat motivatsion xat yozishlari shart. Motivatsion xatlar “WikiMarafon” loyihasining tashkiliy jamoasi tomonidan qabul qilinib, baholanadi.
Telegram bot orqali belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bot taqdim qiladigan maxsus havolani doʻstlariga ulashish orqali targʻibot tanlovida qatnashishi mumkin.
Ishtirokchilarga har bir taklif qilgan doʻsti uchun 1 referal ball beriladi. Ushbu targ‘ibot tanlovi 20-maydan 20-iyunga qadar davom etadi.
Targ‘ibot tanlovi natijalari bo‘yicha 1-3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar “WikiSfera” oromgohining 2-mavsumi uchun yo‘llanmaga ega bo‘ladi.
Muhim: Ariza topshirishdan oldin oromgoh nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.
Shuningdek, oromgohga oid xabarlarni tashkilotchilarning Telegram kanalida ham kuzatib borishingiz mumkin.




