×

Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi


Grant

MUHLAT

20.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11393 marta

Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi magistratura talabalari va yosh mutaxassislarga ikki yilgacha bo‘lgan muddat davomida Qo‘shma Shtatlarda tahsil va magistr darajasini olish imkonini beradi. Ishtirokchilar tanlov asosida, erishgan yutuqlariga qarab saralanadi.

Grant kimlar uchun?

AQShda magistraturada o'qishni istaganlar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • J-1 toifasidagi vizani olishga yordam berish;
  • Tahsil olish qiymati va turli xildagi yig‘imlarni to‘lab berish;
  • Tibbiy sug‘urtani to‘lab berish;
  • Oylik stipendiya to‘lash;
  • Kitob va materiallar bilan ta’minlash;
  • AQSHga va AQSHdan xalqaro aviachipta.

Talablar:

  • O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident bo‘lishi hamda ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishi;
  • ariza topshirish davrining boshlanishiga qadar tugallangan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va AQSHning bakalavr unvoniga teng bo‘lgan darajani olishi lozim. Bakalavriatning 3- va 4-kurslari talabalaridan tushgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Dasturning boshlanishi:

2019-07-01

Dasturga qabul jarayoni:

To‘liq ariza ichiga quyidagilar kiradi:

  • Arizaning to‘ldirilgan onlayn shakli
  • Reyting daftarchasidan ko‘chirmalar (diplomga ilova) va diplomlarning skanerdan o‘tkazilgan nusxalari (ingliz tiliga tarjimasi bilan)
  • Universitetdagi professor-o‘qituvchilardan yoki ish beruvchilardan uchta tavsiyanoma
  • Ariza topshirish bosqichida TOEFL va GRE/GMAT baholari talab qilinmaydi, ammo, agar mavjud bo‘lsa, yuklanishi kerak
  • Rezyume yoki qisqacha tarjimai hol
  • Pasportning bio-ma’lumotlar ko‘rsatilgan sahifasi nusxasi

E’tibor bering, barcha qo‘shimcha hujjatlar arizaga ilova sifatida yuklanishi lozim. Faqat tavsiya etilgan nomzodlardangina ular tahsil olgan barcha oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlar va reyting daftarchalaridan ko‘chirmalarning “rasmiy” nusxalari, tasdiqlangan ingliz tiliga tarjimalari bilan, talab etiladi.

Arizani qanday topshirish lozim:

Ariza topshiruvchilar quyidagi havola orqali o‘tib, arizaning onlayn shaklini SHU YERDA to‘ldirishlari mumkin.

Boshlashingizdan avval, qo‘yilgan talablarni tushunib olish uchun, Fulbrayt dasturi bo‘yicha Ko‘p beriladigan savollar bilan tanishib chiqishingizni hamda arizani to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni diqqat va sinchkovlik bilan o‘qib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Tahsil olish uchun mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:

Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi tahsil olishning barcha yo‘nalishlari uchun ochiq, faqat tibbiy fanlar bundan mustasno. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari ommaviy sog‘liqni saqlash yoki sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha magistr darajasini olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha arizalar qabul qilinadi: 

  • Buxgalteriya / Moliya (Accounting/Finance)
  • Qishloq xo’jaligi (Agriculture)
  • Arxitektura (Architecture)
  • Biologiya (Biology)
  • Biotibbiyot muhandisligi (Biomedical Engineering)
  • Biznes (Business)
  • Kimyo (Chemistry)
  • Informatika (Computer Science)
  • O’simlikshunoslik (Crop Sciences)
  • Iqtisodiyot (Economics)
  • Ta’lim (Education)
  • Muhandislik (Engineering)
  • Atrof-muhit bilan bog’liq fanlar (Environmental Sciences)
  • Axborot Texnologiyalari / tizimlari (Information Sciences/Systems)
  • Mehnat / Ishlab chiqarish munosabatlari (Labor/Industrial Relations)
  • Til o’rgatish (Language Teaching)
  • Yurisprudensiya (Law)
  • Kutubxonashunoslik (Library Science)
  • Matematika (Mathematics)
  • Fizika (Physics)
  • Davlat boshqaruvi (Public Administration)
  • Jamoat salomatligi (Public Health)
  • Transportda tashish (Transportation)

AQSHdagi avvalgi tajriba:

Asosiy ustunlik yaqin orada va/yoki keng ravishda AQSHda tajribaga ega bo‘lmagan arizachilarga beriladi.

Arizani qanday topshirish lozim:

Ariza topshiruvchilar quyidagi havola orqali o‘tib, arizaning onlayn shaklini SHU YERDA to‘ldirishlari mumkin.

Boshlashingizdan avval, qo‘yilgan talablarni tushunib olish uchun, Fulbrayt dasturi bo‘yicha Ko‘p beriladigan savollar bilan tanishib chiqishingizni hamda arizani to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni diqqat va sinchkovlik bilan o‘qib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Saralash jarayoni qanday amalga oshiriladi? 

Arizalarni topshirish uchun belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng, topshirilgan barcha onlayn-arizalar texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Texnik tekshiruvdan o‘tgan arizalar keyin mustaqil ekspert komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi, mazkur komissiya andazaviy mezonlar to‘plamiga binoan har bir arizani baholaydi va ballar beradi. Shundan so‘ng, eng ko‘p ball olgan ariza egalari AQSH elchixonasida bo‘lib o‘tadigan suhbatga taklif etiladi. Suhbatlardan so‘ng o‘n nafar eng yaxshi nomzod dasturning ishtirokchilari sifatida tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan barcha nomzodlardan TOEFL va GRE/GMAT testlarini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Tavsiya etilgan nomzodlar vaucherlar asosida test to‘lovlaridan ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Vaucherlar AQSH elchixonasi tomonidan tarqatiladi. Grant oluvchining yakuniy tanlovi J.Uilyam Fulbrayt jamg‘armasining stipendiyalar bo‘yicha Kengashi (FSK) tasdiqlashiga, mavjud mablag‘larga, shuningdek o‘quv dargohida samarali joylashtirishga bog‘liq. Tanlovdan o‘tgan grant oluvchilar AQSHdagi ularni qabul qiluvchi universitetlarga 2018-yilning iyul yoki avgust oylarida borishlari lozim.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

AQSH elchixonasi

Rasmiy vakil email manzili:

TashkentFulbright@state.gov

Nomzodlarda qanday xususiyatlarni bo’lishi kerak?

  • AQSHning magistratura dasturini to‘liq yakunlash uchun ingliz tilini yetarli darajada yuqori saviyada bilish;
  • intiluvchanlik, yuqori qiziquvchanlik, sodiqlik va yetakchilik salohiyatlarini namoyish qilish;
  • o‘quv predmetlari bo‘yicha yuqori baholar;
  • TOEFL va GRE/GMAT testlari bo‘yicha qoniqarli baholar,
  • elchilik mahorati, madaniy sezgirlik hamda Qo‘shma Shtatlar to‘g‘risida ko‘proq o‘rganish borasidagi samimiy ishtiyoqni namoyish qilish, shuningdek Amerika fuqarolari bilan O‘zbekiston madaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan o‘rtoqlashish istagi,
  • darsdan tashqari va jamoatchilik tadbirlari borasidagi tajriba va qiziqish; va
  • Fulbrayt dasturini targ‘ib qilishga ishtiyoq hamda qaytib kelgandan so‘ng Vatanga xizmat qilish istagi.

Quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • To‘liq bo‘lmagan yoki belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan arizalar ko‘rib CHIQILMAYDI.
  • Grant oluvchilarning barchasidan grant davri tugaganidan so‘ng J toifasidagi viza talablariga muvofiq hamda o‘zaro muloqotni targ‘ib qilish uchun kamida ikki yil muddatga o‘z vatanlariga qaytishlari kutiladi.
  • Arizaning har qaysi qismida aniqlangan plagiat tanlovdan chiqarib yuborishga sabab bo‘ladi.
  • Fulbrayt dasturi ariza hujjatlarida ko‘rsatilgan har qanday ma’lumotlarni tekshirish huquqiga ega. Asl vaziyat bilan nomuvofiqlik aniqlangan xolatlarda arizachining Fulbrayt tanlovidagi ishtiroki to‘xtatib qo‘yiladi.
  • Tavsiya etilgan nomzodlar o‘quv yurtlariga joylashtirish jarayonida ishtirok etmaydilar; ular faqat yakuniy tanlov to‘g‘risida xabardor qilinadilar.

Savollaringiz bormi?

Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar ro‘yxati keng qamrovli bo‘lib, dastur bo‘yicha savollarning aksar qismiga javob berilgan. Agarda izlayotgan ma’lumotingizni topa olmagan bo‘lsangiz, u holda savollaringizni elektron pochta orqali, xatning mavzusi sifatida “Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi 2018”ni ko‘rsatib, quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: TashkentFulbright@state.gov. Bundan tashqari, Fulbrayt dasturi vakolatxonasi tomonidan AQSHdagi ta’lim bo‘yicha konsultativ markaz bilan hamkorlikda AQSH elchixonasi binosida arizalar qabul qilinadigan butun mavsum davomida uyushtiriladigan “Xorijlik talabalar uchun Fulbrayt dasturi”ga bag‘ishlangan sessiyalarning biriga kelishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!