×

Fransiya: Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun to’liq va qisman grant


Grant

MUHLAT

15.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4075 marta

Fransiyaning Xalqaro moda akademiyasi (International Fashion Academy) bakalavriat yoki magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun grant dasturini e’lon qildi.

Grant kimlar uchun?

Bakalvr yoki magistrlik bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun ularga quyidagi uchta grantdan biri taqdim etilishi mumkin:

1. Full Scholarship – kontrakt puli to’liq qoplab beriladi.
2. Excellence Scholarship – kontrakt pulining 40 foizi qoplab beriladi.
3. Distinction Scholarship – kontrakt pulining 20 foizi qoplab beriladi.

Talablar:

Bakalavriatga topshirmoqchi bo’lganlarga quyidagi talablar qo’yilgan:
– Nomzod kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi lozim;
– Nomzod 18 yoshdan kichik bo’lmasligi lozim;
– Nomzod ingliz tilida gaplashuvchi davlat fuqarosi bo’lmasligi kerak;
– Moda va dizayn yoki moda biznesi sohasiga qattiq qiziqishi lozim;
– Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (IELTS minimum 5.5; TOEFL minimum 65);
– Onlayn ariza shaklini to’ldirishi lozim. Unda quiyadi hujjatlar so’raladi: kollej/litsey diplomi; kollej/litseyda olgan baholari; motivatsion xat; rezyume/CV; pasport nusxasi va 3×4 rasm.
– Nomzod 150 yevro miqdoridagi ariza topshirish pulini to’lashi lozim;
– Nomzod hujjatlarni topshirgandan so’ng, intervyudan o’tishi kerak (Skype orqali).

Magistrlik bosqichiga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– Bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;
– Business Administration, Marketing, Media and Communication, Fashion Design yoki shularga oid yo’nalishda bakalavr bosqichida o’qigan bo’lishi kerak;
– Nomzod ingliz tilida gaplashuvchi davlat fuqarosi bo’lmasligi kerak;
– Agar shu sohada ish tajribasi bo’lsa, ijobiy holat deb baholanadi. Lekin ish tajribasi majburiy kriteriya emas;
– Nomzod onlayn ariza shaklini to’ldirishi lozim. Unda quyidagi hujjatlar so’raladi: bakalavrlik diplomi nusxasi; motivatsion xat; rezyume/CV; pasport nusxasi va 3×4 rasm;
– Agar nomzod the Master of Arts in Contemporary Fashion Design darajasiga topshirayotgan bo’lsa, u portfolioni ham to’ldirishi kerak;
– Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (IELTS minimum 6.5; TOEFL minimum 79);
– Nomzod 150 yevro miqdoridagi ariza topshirish pulini to’lashi lozim;
– Nomzod hujjatlarni topshirgandan so’ng, intervyudan o’tishi kerak (Skype orqali);
– Kirish imtihonini topshirishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Akademiyada akkaunt yarating.
  2. Onlayn ariza shaklini to’ldiring.
  3. Ro’yxatdan o’tish haqini to’lang.
  4. So’ralgan hujjtlarni yuklang.
  5. Intervyu uchun muddatni belgilash uchun qabul komissasiyasi bilan kelishib oling.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

International Fashion Academy

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar Fashion Design & Technology yo’nalishiga, magistrlik bosqichida o’qimoqchi bo’lganlar esa Contemporary Fashion Design yo’nalishiga topshira oladilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!