Blitz nemis tili markazi navbatdagi «IMKON» ta’lim grantiga qabul ochilganligini ma’lum qildi. Bu grant dasturida kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan va grantga haqiqatdan ham muhtoj 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar qatnashishi mumkin.
Grantni yutgan yoshlar Blitz nemis tili markazining Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Andijon va Qarshi filiallarida ta’lim oladilar: 20 ta joy Toshkent filiallari uchun, 40 ta joy esa Samarqand, Farg’ona, Andijon va Qarshi filiallari uchun.
Grant kimlar uchun?
Kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan 16-25 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant doirasida 60 nafar yigit va qiz 1 yil davomida nemis tilini mutlaqo bepul o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu yilgi grant jamg’armasi 550 mln so’mni tashkil etib, g’oliblar soni o’tgan yilga nisbatan 4 baravarga oshirildi.
Talablar:
Talablar quyidagicha:
- 16 yoshdan 25 yoshgacha yoshlar qatnashishi mumkin
- Grant davomida ta’limni to’xtatmasdan to’liq davom ettirish shart
Dasturga qabul jarayoni:
Grant ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich – Ariza va motivatsion esse: Barcha arizalar ishtirokchilarning holati hamda oldiga qoʻygan maqsadlaridan kelib chiqib saralab olinadi. Arizalar 2026-yil 31-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA roʻyxatdann oʻtib, ariza topshirishingiz mumkin.
2-bosqich — Yuzma-yuz suhbat: Birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar bilan yuzma-yuz suhbat o’tkaziladi. G’oliblar aynan shu bosqichda aniqlanadi. Bu bosqich 1-iyundan 10-iyungacha davom etadi.
G’oliblar iyun oyida e’lon qilinadi.




