×

Xitoy: Tibbiyot sohasida to’liq grant


Grant

MUHLAT

15.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4655 marta

Xitoyning I-Shou tibbiyot universiteti bakalavrdan keyingi bosqichda ta’lim olishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Ushbu grant dasturi «Doctor of Medicine» dasturida o’qishni xohlovchilar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot sohasida ta'lim olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Hayot kechirish uchun stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi./turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Ta’lim olish uchun kerakli bo’lgan materiallar bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavrlik yoki undan yuqori bosqich diplomiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Belgilangan tarzdagi ariza. Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi, keyin yuklab olinishi, so’ng printerdan chiqarib olinishi kerak.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Bakalavrlik yoki undan yuqori bosqich diplomi hamda baholar ro’yxati. Ushbu hujjatlar ingliz tilida bo’lishi hamda notarial tasdiqlangan bo’lishi lozim.
  4. Biologiya, kimyo yoki boshqa tabiiy fanlarni o’qiganligi hamda muvaffaqqiyatli tugatganligi haqidagi ma’lumotnoma.
  5. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL). IELTS minimum 6 bo’lishi va hech qaysi bo’lim 5.5 dan past bo’lmasligi kerak.
  6. Ingliz tilida avtobiografiya.
  7. Uchta tavsiyanoma.
  8. Shuningdek, nomzodning ijobiy taraflarini ko’rsatuvchi boshqa hujjatlar (amaliyot o’taganligi, volontyorlik qilganligi va hk).

Barcha hujjatlar qog’oz shaklida Xitoy elchixonasiga topshirilshi lozim.

Hujjat topshirish jarayoni: Hujjat topshirishda onlayn tarzda amalga oshiriladigan harakatlar ham mavjud. Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. SHU YERDA akkaunt yarating va kiring.
2. Arizada so’ralgan ma’lumotlarni kiriting.
3. Kiritgan ma’lumotlarni «Confirm» tugmasi orqali tasdiqlanf. So’ng «Finish and Print» tugmasini bosib, arizani chiqarib oling. Ushbu harakatdan keyin akkaunt o’z kuchini yo’qotadi va undan boshqa ma’lumot kiritish imkonsiz bo’lib qoladi.
4. Chiqarilgan ariza va boshqa kerakli hujjatlarni qog’oz shaklida Xitoy elchixonasiga topshiring.

Eslatma: Ushbu dastur magistrlik bosqichi dasturi hisoblanmaydi va 4 yil davom etadi. O’qish so’nggida bitiruvchilarga bakalavrlik diplomi beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!