Tailandning Osiyo Texnologiyalar instituti (Asian Institute of Technology) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun Kurita atrof-muhit va suv fondi (Kurita Water and Environment Foundation) tomonidan taqdim etiluvchi stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
MAGISTRATURADA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu stipendiyani qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Ro’yxatdan o’tish puli va kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;
- Tailandda yashash uchun yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
- Vizani yangilash xarajatlari qoplanadi;
- Tadqiqot olib borish uchun sarflanadigan xarajatlar qoplanadi;
- Tailandda borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Faqat Osiyo davlatlari uchunTalablar:
- Nomzod Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi lozim;
- Nomzod Osiyo texnologiyalar institutining magistrlik bosqichiga qabul qilish shartlariga javob berishi kerak. Ushbu shartlar bilan institutning rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.
- Nomzdo 4 yillik bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TOEFL (Computer-based: 210 or TOEFL: 76) or IELTS: 6 (writing and overall) or AIT-EET Score score of 6 or equivalent).
Ushbu dasturga jismoniy qiyinchilik/kamchilikka ega nomzodlar topshirsa, ularga alohida imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat va ariza topshirishni SHU YERDA
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Asian Institute of Technology va Kurita Water and Environment FoundationO’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlarga qabul qilingan/qilinadigan talabalr ushbu dasturga topshirishlari mumkin:
- Water Engineering and Management (WEM ), School of Engineering and Technology (SET);
- Environmental Engineering and Management (EEM ), School of Environment, Resources and Development (SERD);
- Natural Resources Management (NRM), School of Environment, Resources and Development (SERD).