×

HSE – Russian Government Scholarship – To’liq grant!


Grant

MUHLAT

28.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3455 marta

Rossiyaning eng katta va eng nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan Milliy tadqiqot univesiteti oliy iqtisod maktabi (the National Research University Higher School of Economics) 2018-2019-o’quv yillarida magistraturada o’qishni xohlovchi iqtidorli talabalarga «Russian Government Scholarship» to’liq grant dasturini e’lon qiladi.

O’qish sohasi:  To’liq grant quyidagi sohalarga ajratiladi:

Grant kimlar uchun?

2018-2019-O’QUV YILIDA  MAGISTRATURADA TAHSIL OLISHNI XOHLOVCHI TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlarga kontrakt puli to’liq to’lab beriladi (kontrakt puli yo’nalishga qarab 210,000 – 370,000 rublni tashkil etadi). Biroq talabaga yashash xarajatlari uchun alohida stipendiya ajratilmaydi va bu xarajatlarni talabaning o’zi qoplashi lozim.

Talablar:

  1. Bakalavr diplomi. Agar siz hozirda ohirgi bosqichda o’qiyotgan bo’lsangiz, dasturga taqdim etish uchun reyting daftarchasi.
  2. Ingliz tilini xalqaro jurnal, darsliklarni o’qib tushuna oladigan hamda ingliz tili darslarida qatnasha oladigan darajada bilish. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL yoki CAE) taqdim etishlari kerak.
  3. Iqtisodiyot sohalariga topshiruvchilar bakalavr darajasida makro- va mikroiqtisodiyotdan bilimga ega bo’lishi kerak
  4. Iqtisod sohasiga topshiruvchilarning GMAT yoki GRE ballariga ega ekanligi qabul qilinish ehtimolini oshiradi.

Ingliz tiliga qo’yilgan talablar: Nomzod quyidagi natijalarga ega bo’lishi kerak:

  1. TOEFL ibT – 60, pbT – 500; IELTS – 5
  2. Ona tilisi ingliz tili bo’lgan yoki ingliz tilida o’tkazilgan dasturlar bitiruvchilardan ingliz tilini bilish darajasi imtihonlari talab qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Hujjat topshirish hech qanday to’lovlarsiz amalga oshiriladi. Talabalar to’liq yoki qisman grantga onlayn intervyu orqali tanlab olinadi. Qisman grant haqida SHU YERDA   tanishing.

Qanday hujjatlar topshiriladi:

  • Rezyume/CV. Iltimos, standart CV taqdim eting. Unda kamida ta’lim jarayonidagi yutuqlaringiz, mehnat va tadqiqot faoliyatingiz, maqolalaringiz (agar bo’lsa), hamda til bilish darajangiz ko’rsatilishi kerak.
  • Motivatsion xat (300-500 so’zdan iborat). Bu xat ushbu dasturga topshiringiz sabablari, karyerangizdagi maqsadlarni va shu kungacha olgan tajribalaringizni o’zida aks ettirishi kerak.
  • Diplom va ilovani skanerlangan nusxasi
  • Agar hali bakalavr diplomini olmagan bo’lsangiz, oxirgi semestrni reyting ballarini rasmiy nusxasini topshiring.
  • Ikkita tavsiyanoma (kamida biri akademik jihatdan sizga tanish shaxs bo’lishi kerak)
  • Tavsiyanoma berayotgan shaxslarni HSE tavsiyanoma bo’yicha yo’riqnomasi bilan tanishtirib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!