Tailandning International School Eastren Seabird universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun ta’lim granti e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
O’qish sohasi: Quyidagi sohani tanlaganlar ushbu grantga qatnasha oladi:
- Aerospace engineering (AERO)
- Nano engineering (NANO)
- Information and communication engineering (ICE)
- Automotive design and manufacturing engineering (ADME)
Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 100 ta.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
- Nomzod vatanidan Banggokka kelish va ketish xarajatlari qoplanadi;
- Turar joy bilan ta’minlanadi;
- Tailandda hayot kechirish uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Sotib olinishi kerak bo’lgan kitoblar uchun to’lov puli ajratiadi;
- Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
- Nomzod 25 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
- Kollej/litseyda oxirgi 4 semestrda olgan baholarining o’rtachasi 4 lik sistemada 3.5 dan (5 lik sistemada 4.4 dan) past bo’lmasligi lozim.
- Nomzod ham jismoniy, ham ruhiy sog’lom bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini bilish darajasi isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Minimal ballar: TOEFL (iBT) score not less than 80 or IELTS score not less than 6.0.
- Nomzod matematikadan SAT testini topshirgan bo’lishi (topshirishi) lozim. Minimal ballar: SAT (Math) and SAT II (Math Level II) score not less than 600 (each).
- Nomzodning SAT testidagi fizika va kimyo ballari 600 dan past bo’lmasligi lozim (Science: SAT II (Physics and Chemistry) not less than 600 (each)).
Dasturga qabul jarayoni:
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Maxsus ariza, to’ldirilgan va yaqinda olingan surati qo’yilgan bo’lishi kerak.
- CV (tarjimai hol) va Maqsad izohi (Statement of Purpose).
- Kollej/litseyda olgan baholari – ingliz tilida.
- Ikkita tavsiyanoma – o’qituvchi yoki dekandan.
- Pasport nusxasi.
- TOEFL yoki IELTS, Matematika (SAT I va II), Fizika (SAT II) va Kimyo (SAT II) dan sertifikatlar.
- Tibbiy ma’lumotnoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim va ular onlayn tarzda topshiriladi. O’qish ingliz tilida bo’ladi.