×

Niderlandiyada o’qish uchun 100 foizlik grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

4532 marta

Niderlandiyaning Amsterdam unversiteti “Amsterdam Excellence Scholarship” stipendiyali dasturini e’lon qilda. Ushbu dastur iqtidorli talabalarni Amsterdam universitetida magistrlik darajasini olish uchun o’qishi davomida iqtisodiy qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

O’qish sohalari: Nomzodlar Amsterdam universitetida ingliz tilida o’qitiladigan magistrlik yo’nalishlaridan birini tanlashi mumkin. Ingliz tilida o’qitiladigan sohalar quiydagilar:

• Child Development and Education
• Communication
• Economics and Business
• Humanities
• Law
• Psychology
• Science
• Social Sciences

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 Stipendiyani qo’lga kiritgan talabalargaga bir o’quv yili uchun ta’lim puli (tuition fee) to’liq to’lab beriladi hamda Niderlandiyada yashash uchun yetarli bo’lgan stipendiya bilan ta’minlanadi. Birinchi o’quv yilini a’lo natijalarga bitirgan talabalar ikkinchi o’quv yilida ham xuddi shunday ta’minot bilan ta’minlanishi mumkin.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lishi lozim.

Talablar:

  • Nomzod bakalavrlik bosqichida eng yaxshi 10 foiz talabalar orasida bo’lishi lozim.
  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lishi lozim.
  • TOEFL (kamida 100 ball va hech qaysi bo’limdan 22 balldan past bo’lmasligi kerak) yoki IELTS (7 ball va hech qaysi bo’limdan 7 balldan past bo’lmasligi kerak) sertifikatiga ega bo’lishi lozim. Bakalavrlik darajasini ingliz tilida o’qiganlar bundan mustasno.
  • Qo’shimcha (darsdan tashqari) mashg’ulotlarga a’zo bo’lishi/qatnashgan bo’lishi lozim (masalan, talabalar ittifoqi, xalqaro tajriba, musiqa yoki sport turlarida yuqori darajada bo’lishi, volontyorlik ishi va hk).

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Motaivatsiya xati (maksimum 500 so’zdan iborat), Tavsiyanoma, Darsdan tashqari mashg’ulotlar haqida qisqacha izoh, CV

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar(Batafsil):

  1. Motaivatsiya xati (maksimum 500 so’zdan iborat). Xatda tanlangan magistrlik yo’nalishini nega tanlaganingiz va kelajakdagi karyerangizda ushbu darajada qanchalik ahamiyatli ekanini yoritib berishingiz kerak.
  2. Tavsiyanoma. Tavsiyanoma dekan, ilmiy rahbar yoki o’qituvchi tomonidan yozilishi kerak. Shunngdek tavsiyanomada siz eng yaxshi 10 foiz talabalar orasiga kirishingiz ko’rsatilishi.
  3. Darsdan tashqari mashg’ulotlar haqida qisqacha izoh. Bunda hozirda a’zo bo’lgan yoli avval a’zo bo’lgan mashg’ulot/volontyorlik ishlari/harakat haqida hamda unda nimalar qilganligingiz to’g’risida yozishingiz kerak.
  4. CV.

Barcha hujjatlar tayyorlab bo’lingandan so’ng internationaloffice@amc.uva.nlelektron manziliga yuborilishi lozm.

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

internationaloffice@amc.uva.nl

Eslatma: Ushbu dasturga hujjat topshirish uchun nomzod Amsterdam universiteti magistraturasiga ham qabul qilinishi kerak. Magistraturada boshqa turdagi hujjatlar so’ralishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!