Deadline: Fevraldagi qabul uchun 10-dekabr, 2017. Iyuldagi qabul uchun 23-may, 2018.
Ushbu stipendiya dasturi Avstraliyaning Port Makkuire (Port Macquarie) shahrida joylashgan Charles Sturt Universitetining yangi kempusida o’qimoqchi bo’lganlar uchun mo’ljallangan. Nomzoddan universitetda o’qish davomida aktiv bo’lish bo’lish talab etiladi.
Universitet fakultetlari: Bakalavr darajasi uchun buxgalteriya hisobi, ekoturism, bizness, grafik dizayni, tabiatni, ijtimoiy soha, ijtimoiy fanlar, psixologiya, fizioterapiya va boshqalar; magistratura darajasi uchun bojxona boshqaruvi, professional buxgalteriya va informatsion texnologiya fakultetlari bor.
Grant miqdori: 12 nafar stipendiantga 10,000$ miqdorida, 10 nafar stipendiantga 5,000$ miqdorida kontrakt to’lovlari to’lab beriladi. Agarda g’olib nomzod, no’malum sabablarga ko’ra birinchi yildan so’ng universitetni tashlab ketsa, unga to’langan kontraktni qaytarib to’lash majburiyatini oladi.
Grant turi:
- Bakalavr uchun
- Magistratura uchun
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Dasturga qabul jarayoni:
- Yuqori akademik bilimlarni o’zlashtirgan studentlar (umumiy baholar tabelining 75 % idan yuqori ball olgan talabalar);
- Nega shu universitetda o’qimoqchi ekanligini isbotlovchi 1000 so’zli insho;
- Ingliz tili darajasi belgilovchi hujjatlar;
- Universitetdan taklif xati;
Hujjatlarni email orqali jo’natish mumkin.
Nomzodlarga Universitetning o’z ta’lim agentliklari orqali hujjat topshirish tavsiya etiladi. To’liq to’ldirilmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Charles Sturt UniversityNomzodlarga Universitetning o’z ta’lim agentliklari orqali hujjat topshirish tavsiya etiladi. To’liq to’ldirilmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
G’oliblar qabul jarayonlari to’xtatilganidan keyin e’lon qilinadi. Qabul komissiyasining qarori o’zgartirilmaydi va appellatsiyaga ruxsat berilmaydi.
Barcha arizalar va hujjatlar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: internationalclient@csu.edu.au