×

Yangi Zelandiyada magistrlik bosqichida o‘qish uchun stipendiya!


Grant

MUHLAT

20.07.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2580 marta

Yangi Zelandiyaning Oklend universiteti Yaponiya va Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan tashkil etilgan stipendiya dasturi asosida Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zo davlat fuqarolarini magistrlik bosqichida grant asosida o‘qishga taklif etadi. O‘qish 2018-yilning fevralidan boshlanadi.

Stipendiya to‘lanadigan sohalar:

Quyidagi sohalar bo‘yicha magistrlik bosqichida o‘qishga qabul qilinganlar ushbu stipendiya bilan taqdirlanishi mumkin:

  • Sog‘liqni saqlash;
  • Ekologiya (Ekologik fanlar);
  • Rivojlanish tadqiqoti (Development Studies);
  • Xalqaro biznes;
  • Injineriya.

Grant kimlar uchun?

Balalavr bosqichini tugatgan va 2 yillik ish stajiga ega bo‘lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan talaba quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Oklend universitetidagi ta’lim puli (tuition fee) to‘liq to‘lab beriladi;
  • O‘qish boshlanganida Oklendga kelish va tugaganida vatanga qaytish xarajatlari qoplab beriladi;
  • Oklendda yashash xarajatlari qoplab beriladi;
  • Sog‘liq va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi;
  • Maxsus taqdqiqot olib borish lozim bo‘lganida, tadqiqot uchun qo‘shimcha mablag‘ ham ajratilishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod Osiyo Taraqqiyoti Bankiga a’zo davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi lozim (O‘zbekiston a’zo);
  • Oklend universitetida magistrlik bosqichida o‘qish uchun qabul qilinishi (qabul qilingan bo‘lishi) kerak;
  • Bakalavrlik diplomiga ega bo‘lishi va baholari yuqori bo‘lishi lozim;
  • Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;
  • Ingliz tilidagi yozma va og‘zaki nutqi magistrlik bosqichida o‘qish uchun yetarli bo‘lishi lozim;
  • 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim;
  • Sog‘lom bo‘lishi lozim;
  • Dastur tugaganidan so‘ng o‘z vataniga qaytishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish jarayoni:

1-bosqich. Yuqorida sanab o‘tilgan sohalardan birida xorijiy talaba sifatida o‘qish uchun ariza topshiring.

2-bosqich. Sohalardan biriga o‘qish uchun topshirayotganingizda quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

  • ADB-JSP ma’lumotnomasi;
  • Passport nusxasi;
  • Diplom va fanlardan olingan baholar nusxasi (ingliz tilida);
  • IELTS/TOEFL sertifikati;
  • Passport o‘lchamli surat.

3-bosqich. Agar Oklend universitetiga qabul qilinsangiz, universitetdan taklif xati olasiz va shundan so‘ng 4-bosqichda ko’rsatilgan hujjatni topshirasiz. Agar qabul qilinmasangiz, 4-bosqich siz uchun emas.

4-bosqich. Stipendiya dasturi uchun kerakli hujjatlarni to‘ldirib, Oklend universitetiga pochta orqali yuboring. Ushbu hujjatlarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Eslatma: Bu hujjatlar elektron tarzda topshirilmaydi, faqat pochta orqali yuborilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!