×

«Tadqiqot stipendiyasi dasturi – 2018»


Grant

MUHLAT

31.08.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2046 marta

Yaponiyaning Tokyo shahrida joylashgan Matsumae Xalqaro fondi doktorlik darajasiga ega xodimlar uchun «Tadqiqot stipendiyasi dasturi»ni e’lon qiladi. Ushbu dasturda butun dunyodan olimlar va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Tadqiqot sohasi: Tadqiqot sohasi cheklab qo’yilmagan. Ammo tabiiy fanlar, injeneriya va tibbiyotga oid sohalarga ko’proq e’tibor qaratiladi.

Qabul kvotasi: 20 ta tadqiqotchi ushbu stipendiya bilan taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Doktorlik (Ph.D) darajasiga ega xodimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo’lga kiritgan kandidat quyidagi iqtisodiy ta’minot bilan ta’minlanadi:

  1. Tadqiqotni olib borish va Yaponiyada yashash uchun oylik stipendiya. Miqdori – har oy 220.000 yen (1993 AQSh dollari).
  2. Sug’urta puli to’lab beriladi.
  3. Yaponiyaga borish va qaytish uchun samalyot biletlari bilan ta’minlanadi.
  4. Yaponiyaga yetib kelganda joylashish uchun beriladigan bir martalik to’lov. Miqdori – 120.000 yen (1087 AQSh dollari).

Talablar:

  1. Kandidat Yaponiya fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  2. Kandidat Ph.D (doktorlik) darajasiga yoki unga muqobil ilmiy darajaga ega bo’lishi lozim.
  3. 49 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  4. Kandidat Yaponiyadagi tadqiqot davomida izlanish olib borish uchun ingliz yoki yapon tilini yetarli darajada bilishi lozim.
  5. Kandidat avval Yaponiyaga tashrif buyurmagan va hozirda Yaponiyada yashamayotgan bo’lishi kerak.
  6. Kandidat o’z davlatida stabil kasb yoki lavozimga ega bo’lishi hamda tadqiqot muddati tugagach o’z davlatiga qaytishi lozim.
  7. Kandidat sog’lom bo’lishi, Yaponiyada tadqiqot olib borishiga xalal beradigan sog’liqqa oid muammolardan holi bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Kandidat Matsumae Xalqaro fondi saytidan kerakli hujjatlarni yuklab oladi va to’ldiradi. Shuningdek, Matsumae Xalqaro fondi hujjatlarni to’ldirish yoki dastur bilan bog’liq boshqa savollarga javob berish majburiyatini olmaydi. Shu sababli, saytda e’lon qilingan dastur va unga topshirish jarayoni bilan e’tiborli ravishda tanishib chiqilishi kerak. Kandidat tayyor hujjatlarni o’z davlatidan yuborishi lozim. Yaponiyada yashab turgan shaxs tomonidan topshirilgan yoki yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Shuningdek, hujjatlar faks yoki email orqali yuborlishi mumkin emas. Ular to’ldirilib, pochta orqali yuborilishi lozim.

Hujjatlar Matsumae Xalqaro fondiga 2017-yilning 31-avgustiga qadar yetib kelishi kerak. Shuning uchun hujjatlarni yuborishda vaqtni hisobga olish tavsiya etiladi. Kechiib yetib kelgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Ariza. Arizaga kandidatning oxirgi 3 oy mobaynida tushurilgan surati yopishtiriladi. Arizadagi barcha savollarga javib berilishi va u to’g’ri to’ldirilishi kerak. Ariza kandidat tomonidan to’ldirilgan sana yozilgan holda imzolanadi.
  2. Tadqiqot rejasi. Ushbu hujjatda tadqiqot maqsadi, mazmuni, amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligi va ularning muddati ko’rsatilishi kerak. Shuningdek, tadqiqot olib boriladigan institut (muassasa) dagi qaysi olim bilan birga izlanish olib borish ko’rsatiladi. Olim bilan bog’lanish kandidat tomonidan musatqil amalga oshiriladi.
  3. Nashr qilingan maqola va ilmiy ishlarning to’liq ro’yxati. Bunda maqola/ilmiy ish nomi, qachon va qayerda nashr qilingani, birgalikda nashr qilingan bo’lsa, birga nashr qilganlarning ismlari, hajmi va necha bet ekanligi keltiriladi.  4 (keyingi) – hujjatda ta’kidlangan maqola/ilmiy ish nomi qizil bilan belgilanadi.
  4. Kandidat o’zining eng muhim deb hisoblovchi maqolasi/ilmiy ishi nusxasi. Agar maqola/ilmiy ish ingliz tilida bo’lmasa, kandidat uning qisqacha mazmunini ingliz tilida yoritib berishi lozim.
  5. Tarjimai hol (CV).
  6. Kandidatning ish beruvchisi tomonidan yozilgan tavsiyanoma. Unda kandidatning tadqiqot olib borish mahorati vaerishgan yutuqlari ko’rsatiladi. Shuningdek, ish beruvchi kandidat tadqiqotga ketgan muddan davomida uning oyligi va ish joyinining saqlab qolinishi haqida ma’lumot berishi kerak.
  7. Akademik sertifikatlarning nusxalari (bakalavr, magistr va doktorantura diplomlari). Ushbu hujjatlar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga tarjima qiliningan nusxasi ham ilova qilinishi kerak.
  8. Tanlangan institut (muassasa) ning birga izlanish olib boruvchi olimi tomonidan taklif xati (invitation letter). Unda tadqiqot muddati, tadqiqot rejasi, tadqiqotni olib borish uchun institu/mussasada barcha sharoitlar yetarliligi va kandidatning ushbu muddat davomida qayerda yashashi rejalashtirilgani yoziladi.

Eslatma: Barcha hujjatlar A4 formatidagi qog’ozga kompyuterda terish orqali to’ldirilishi va ingliz tilida bo’lishi lozim. Ingliz tilida bo’lmagan, shuningdek, to’liq bo’lmagan hujjatlar qabul qilinmaydi. Hujjatlar kandidat tomonidan pochta orqali Matsumae Xalqaro fondiga yuboriladi. Hujjatlarni SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Matsumae International Foundation

Tadqiqot olib boriladigan muassasa: Kandidat tadqiqot olib borish uchun muassasani (biror universitetning labaratoriyasi, milliy tadqiqot markazlari yoki xususiy ishlab chiqarish sohasidagi institutlar) o’zi mustaqil ravishda tanlaydi. Biroq kandidat bunday institutlarni tanlashda, ularda xorijlik tadqiqotchilarga izlanish olib borish uchun ruxsat berilishi yoki berilmasligi haqida ma’lumotni qo’lga kiritishi lozim. Matsumae Xalqaro fondi Yaponiyadagi tadqiqot institutlari va ularning qabuli haqida kandidatlarga maslahat berish majburiyatini olmaydi. Bunday ma’lumotlar kandidatning o’zi tomonidan qo’lga kiritilishi kerak.

Tadqiqot muddati: Kandidat o’z tadqiqoti uchun ketadigan muddatni o’zi belgilaydi. Biroq bu muddat 3 va 6 oy oralig’ida bo’lishi lozim. Shuningdek, ushbu muddatning boshlanishi va tugashi 2018-yilning aprel oyi va 2019-yilning mart oyi oralig’ida bo’lishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!