Biror dastur yoki o’qishga ariza topshirayotganda, unga qatnashishdan ko’zlagan maqsadlaringizni ifodalovchi inshoni (Personal Statement) qanday yozish sir-sinoatlarini o’rganishni xohlaysizmi? AQShning O’zbekistondagi elchixonasida joylashgan «EducationUSA» Maslahat markazi sizga shu imkoniyatni taklif qiladi.
Markaz 2015-yil 16-iyul kuni 16: 00da inshoni qanday muvaffaqiyati yozish mavzusida maxsus trening o’tkazmoqda va unga barcha qiziqqanlar taklif etiladi.
Manzil:
EducationUSA Maslahat Markazi
Moyqo’rg’on ko’chasi, 3-uy, 5-blok, Yunusobod
Telefon: 998 71 1402447
Qatnashish tartibi:
- Tashkent-Advising@state.gov e-mail manziliga yoki 140-24-47 telefon raqamiga tadbirdan kamida 48 soat oldin bog’lanib, tadbirda qatnashish niyatida ekaningizni ma’lum qiling. Unda ismingiz, familiyangiz va otangizning ismini; pasport nomeringizni; tug’ilgan yil va kuningizni hamda Maslahat markaziga tashrif buyurish kuni va soatingizni ma’lum qiling.
- Agar e-mail orqali ro’yxatdan o’tsangiz, bu haqda tasdiq xati olasiz. Agar telefon orqali ro’yxatdan o’tsangiz, sizga ro’yxatdan o’tganingiz haqida darhol xabar qilishadi.
- Elchixonaga pasportingiz bilan kelishni unutmang.
- Tadbirga u boshlanishidan kamida 30 minut oldin keling.
Ma’lumot uchun manba: SHU YERDA