×

Indoneziyada o’qish uchun Kemitraan Negara Berkembang (KNB) granti!


Grant

MUHLAT

30.05.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

1831 marta

Indoneziya Respublikasining Tadqiqot, Texnologiya va Oliy ta’lim Boshqarmasi, rivojlanayotgan davlatlarning, magistraturada o’qimoqchi bo’lgan, talabalari uchun, Indoneziya Universitetlarida o’qishga KNB grantini taqdim etadi.O’qish xarajjatlari Ilm, Texnologiya va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan qoplanadi. Bularga o’qish, yashash, sug’urta va boshqa magistratura o’qishiga taalluqli bo’lgan xarajjatlar kiradi.

Dasturning maqsadi:

  • Rivojlanayotgan davlatlarning fuqarolarining imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish.
  • Rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida o’zaro madaniy tushunishni oshirish.
  • Rivojlanayotgan davlatlar orasida o’zaro aloqalar va hamkorlikni yanadan mustahkamlash.

Universitetlar:

Indoneziya Universitetlari

Grant kimlar uchun?

Bakalavr darajasiga ega bo’lgan, 35 yoshdan oshmagan kishilar uchun.

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

To’liq grant. Magistraturada o’qishga taalluqli bo’lgan xarajjatlarni qoplanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat tophirish tartibi:

  • TOEFL/ IELTS yoki boshqa, ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlaydigan ekvivalenti, TOEFL 500/IELTS 5,
  • Online- arizani to’ldirish
  • Grantni yutgan, omadi kelgan talabalar, Indoneziyaga chiqishdan oldin KNB grant menejment tomonidan berilgan deklaratsiyasini imzolashi lozim.

Pochta, kuriyer yoki boshqa yo’llar orqali jo’natilgan hujjatlar hisobga olinmaydi.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim:

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Indoneziya elchixonasiga murojat qilishingizni tavsiya etamiz.

Toshkentdagi Indoneziya elchixonasi manzili:

Yahyo G’ulomov ko’chasi, 73-uy. Toshkent.

Tel: (998-71) 132-0236 (38)

E-mail: tashkent@indonesia.embassy.uz

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!