×

Bishkekdagi YXHT Akademiyasining 2017-2018-yilga mo‘ljallangan Magistiraturada o‘qish dasturi!


Grant

MUHLAT

15.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1504 marta

Bishkekdagi YXHT Akademiyasi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ilmiy tadqiqot va muloqotni oshirish imkoniyatiga ega mintaqaviy markaz  hisoblanadi. YXHT Akademiyasi Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va YXHT o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memarandumi, shuningdek AQSh, Finlandiya, Daniya, Kanada, Norvegiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar qo‘llab-quvvatlovi asosida tashkil etilgan. Akademiyaning magistiratura dasturida ta’lim sifatini oshirish hamda kengaytirish, siyosat, xavfsizlik, xalqaro munosabatlar, turli xil ixtiloflarni oldini olish, rivojlanish, iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida professional yoki akademik kariera uchun zarur bilim-ko‘nikmalarini egallash istagida bo‘lgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Akademiya tomonidan taqdim qilinayotgan yo‘nalishlar:

“Siyosat va xavfsizlik”;

“Iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirish”;

 O‘qish 1-sentabr 2017-yildan boshlanadi.      

 

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

YXHT Akademiyasi quyidagicha mablag‘lar bilan ta’minlaydii:

  • Barcha o‘qish xarajatlari;
  • 180 € miqdorida oylik stipendiya;
  • 120 € miqdorida Bishkek shahrida uy-joy ijarasida turish;
  • Bishkek va Markaziy Osiyo doirasidagi transport xarajatlari;
  • Tibbiy sug‘urta (Qirg‘iziston fuqarolari bundan mustasno);
  • 15 € miqdorida qo‘shimcha talabaning farzandi uchun.

Talablar:

  • Tegishli sohada muvaffaqiyatli ravishda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; (bakalavr, mutaxassis)
  • Ingliz tilini a’lo darajada bilishi;
  • Nomzodalar 1-sentabr 2017-yilga qadar 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Mo‘g‘iliston fuqarolarining arzialari ko‘proq inobatga olinadi. YXHTning ishtirokchi davlatlaridan bo‘lgan arizachilarga kvota miqdori cheklangan.

ONLAYN ANKETANI SHU YERDAN TO‘LDIRISHINGIZ MUMKIN:

“Siyosat va xavfsizlik” yo‘nalishi uchun;

“Iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirish” yo‘nalishi uchun.

 Hujjatlarni qabul qilish Bishkek vaqti bilan 23:00 15-aprel 2017-yilda tugaydi.

Saralangan nomzodlar sinov va suhbatga chaqiriladi.

 

SIZNI QIZIQTIRGAN SAVOLLAR VA QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR HAQIDA BILISH UCHUN QUYIDAGI ELEKTRON MANZILLARIGA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN.

“Siyosat va xavfsizlik”: MA-PS@osceacademy.net

“Iqtisodiyotni boshqarish va rivojlantirish”: MA-EGD@osceacademy.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!