×

Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) Yosh Professionallar Dasturi.


Grant

MUHLAT

31.03.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1700 marta

OTBning Yosh Professionallar Dasturi yuqori malakali va qiziquvchan yoshlarni  nufuzli tashkilotning yangi dasturiga jalb qiladi. Dastur xalqaro rivojlanish muhitiga ega bo`lgan , ko`p kuch talab qilinadigan, shu bilan birga rag`batlantiruvchi  yuqori malakali kasbga ega bo`lish uchun asosiy negiz bilan taminlaydi.  Bundan tashqari dastur mahorat bilan yondashish va OTB ning faoliyatini, ichki siyosatini va ish tartibini o`rganish uchun turli imkoniyatlarni taklif qiladi.

Dasturning eng asosiy maqsdi unchalik ko`p tajribaga ega bo`lmagan, ammo o`z-o`zini rivojlantirish orqali kelajakda OTBning strategik y`oli(2020) ga ko`ra kompaniyaga foydasi tegadigan boshlang`ich darajadagi o`z ishining haqiqiy ustalarini  ishga taklif qilishdir.

Foydali jihatlari:

Yosh o`z ishining mutaxassislariga OTBning bosh markazida 3-yil muddatli ish shartnomasi taklif qilinadi. Boshida mutaxassislar OTBning tezkor departamentiga qo`shilishadi va keyinchalik har 12 oyda galma-galdan boshqa bo`limlarga tayinlanadilar. Shu vaqt oralig`ida, tanlangan nomzodlar shu ish uchun talab qilinadigan barcha mahoratlarini ko`rsatishlari zarur. Ishdagi vazifalar ularga amaliy faoliyatni rivojlantirishga va OTBning ishlash jarayoninig bo`limlarini o`rgangan holda  o`z kelajagi uchun keng zamin yaratish imkoniyatini beradi. Yosh mutaxassislar faktlar yi`gish, mahsulotlarni baholash, loyihalani qayta ko`zdan kechirish va tugatish, davlat ichida dasturlash, soha va uning siyosatini o`rganish va xarajatlarga bag`ishlangan turli xil jarayonlarda ishtirok etishlari mumkin. Mutaxassislar o`zlarining nazoratchilari va HR yordamida rivojlantirish dasturini joriy etadilar. Bu dasturda ular OTB tomonidan taklif qilingan texnikaviy bilimlarini rivojlantirish dasturini o`rganadilar va tanishtiradilar.

Kutilgan oylik ish haqqi: 81 ming -97 ming AQSH dollari.

Kimlar ishtirok etishlari mumkin:

  • OTBga qo`shilish vaqtida 32 ga to`lmagan nomzodlar;
  • Iqtisod, Moliya, Biznes boshqaruvi, Injenerlik, Atrof-muhit, Gumanitar Fanlar, Jamiyat boshqaruvi va OTBga bog`liq bo`lgan boshqa sohalardan bakalavr darajasi;
  • Quyidagi sohalar bo`yicha kamida 2 yillik tajriba: makro va rivojlanish iqtisodi, qishloq xo`jaligi va tabiiy manbalar, iqlim o`zgarishi, savdo-sotiq, bankka pul qo`yish, ta`lim, energiya, atrof-muhit, moliyaviy bo`lim, jamiyat sog`ligi, davlat va xususiy shaxslar hamkorligi, chekka joylarni rivojlantirish, transport, shahar dasturi va suv yetkazish kabilar.
  • OTB ga a`zo mamlakat fuqarosi
  • Puxta o`zlashtirilgan og`zaki va yozma ingliz tili. Boshqa millatdagi shaxslar bilan birga ishlay olish qobiliyati.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!