×

Malayziyada rivojlanayotgan yechimlar Magistratura Stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

28.07.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

2891 marta

Rivojlanayotgan Yechimlar Stipendiya fondi o’z mamlakati taraqqiyoti va rivojlanishiga ilm-fan, texnologiya va ta’lim sohasida hissa qo’sha oladigan potensial nomzodlar uchun mo’ljallangan.

Ariza topshirish muhlati:

Kuzgi semestr uchun hujjatlar 2017-yilning 15-martidan 28-iyuligacha qabul qilinadi. Muvaffaqiyatli nomzodlar ro’yxati 2017-yilning 15-avgustida e’lon qilinadi.

Bahorgi semestr uchun hujjatlar 2017-yilning 1-iyunidan 13-oktabrigacha qabul qilinadi. Muvaffaqiyatli nomzodlar ro’yxati 2017-yilning 31-oktyabrda e’lon qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Rivojlanayotgan mamlakatlardan o’nta nomzodga Malayziya Kampusida magistratura uchun yuz foiz stipendiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha taqdim etiladi:

  • Kimyo muhandislik
  • Fuqorolik muhandisligi
  • Mexanika
  • Elektronik aloqa va kompyuter muhandisligi
  • Don ekinlari biotexnologiyasi
  • Ta’limda yetakchilik va boshqaruv
  • Kerakli Ehtiyojlar
  • TESOL
  • Xalqaro taraqqiyot boshqaruv

Talablar:

  • Nomzod Nottengem Universiteti Malayziya Kampusiga 2016/2017 o’quv yili uchun qabul qilingan bo’lishi, 1000 AQSH dollari miqdoridagi to’lovni to’lagan va universitetdan shartsiz taklif xati olgan bo’lishi kerak. Shartsiz taklif xati va qabul xati arizalar bilan birga yuborilishi kerak.
  • Xorijlik talaba bo’lishi kerak;
  • Bakalavr darajasini tugatgandan so’ng kamida bir yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak. Endi bitirgan talabalar qabul qilinmaydi;
  • O’qish davomida yashash, oziq-ovqat uchun yetarli mablag’ga ega bo’lishi kerak;
  • Arizalar onlyan shaklda to’ldiriladi. Faqat to’liq, xatosiz to’ldirilgan arizalar qabul qilinadi;
  • Nottengem Universiteti Malaysiya Kampusi talabalari arizalari ko’rib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

Arizalar electron shaklda email orqali yuboriladi.

Arizalar formasini yuklab olish (application form)

Muvaffaqiyatli talabalarni Universitet qabul komissiyasi tanlaydi

Universitet faqat muvofaqqiyatli talabalarga elektron pochta orqali bildirishnoma jo’natadi

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

mailto:developingsolutionmalaysia@nottingham.edu.my

Universitet manzili:

Nottengem Universiteti Malaysiya Kampusi, Jalan Broga, 43500 Semenyih Seangor Darul Ehsan, Malaysiya

Tel: +6 03 8924 8000

Fax: +6 03 8924 8001/8005

Email: developingsolutionmalaysia@nottingham.edu.my

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!