×

Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3580 marta

Ariza qabul qilish muhlati: Yil bo’yi qabul qilinadi.

“Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi Yaponiya hukumati tomonidan 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Dasturning maqsadi aholining oddiy qatlamlari birlamchi ehtiyojlarini (basic human needs) va inson xavfsizligini (human security) ta’minlash orqali ularga bevosita yordam ko‘rsatish.

O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi dasturda ishtirok etishni xohlovchilardan yil davomida arizalarni qabul qiladi.

Yaponiya elchixonasi arizalarni qo‘yidagi tashkilotlardan qabul qiladi:

(1) Tibbiyot muassasalari (kasalxonalar, reabilitatsiya markazlari va hokazo);

(2) Ta’lim muassasalari (o‘rta maktablar, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatlar va bog‘chalar);

(3) Mahalliy hokimiyat organlari (shahar, tuman yoki viloyat hokimiyatlari);

(4) Mahalliy va xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotlari (tahkilotchilarning fuqaroligidan qat’i nazar).

Grant kimlar uchun?

Hokimiyat organlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari hamda nodavlat tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori 10 million yendan, ya’ni taxminan 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Loyihalarni amalga oshishir uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, shu jumladan, texnika va uskunalarni sotib olish va ta’mirlash ishlari xarajatlarini grant mablag‘lari orqali qoplash mumkin.

Quyidagi xarajatlar grant orqali QOPLANMAYDIGAN xarajatlar deb hisoblanadi:

(1) Ma’muriy xarajatlar (xodimlarning ish haqi, trasport xarajatlari va kundalik xarajatlar);
(2) Davlat daromadlari/soliqlar (QQS, bojxona yig‘imlari, ro‘yxatga olish va h.k.);
(3) Bank yig‘imlari;
(4) Yer maydonini sotib olish, uy yoki ofis uchun ijara to‘lovi;
(5) Daromad olish maqsadida uskunalarni yoki boshqa texnikani ijaraga olish;
(6) Arizachi-tashkilotning ofisi uchun uskuna (nusxa ko‘chirish texnikasi, xususiy kompyuter, printer, faks, uyali telefon, fotoapparat, videokamera va h.k.);
(7) Arizachi-tashkilot uchun ofis binosi qurilishi;
(8) Avtomobillar uchun yonilg‘i va/yoki gaz;
(9) Buyumlar va uskunalar uchun ekspluatatsiya xarajatlari, shuningdek, ehtiyot qismlar xaridi uchun xarajatlar;
(10) Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va kiyim-kechak sotib olish;
(11) Stipendiyalar;
(12) Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va loyihalarni ilmiy asoslash;
(13) Seminarlar, simpoziumlar, musobaqalar, kompyuter, til va boshqa turdagi sinovlar;
(14) Hayvonlarni boqib ko‘paytirish va h.k.

Dasturga qabul jarayoni:

Agar sizning tashkilotingiz yuqorida zikr etilgan shartlarga mos kelsa va siz o‘z kichik miqyosli loyihangizni amalga oshirish uchun grant olishni istasangiz, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga ariza berishingiz lozim. Arizani rasmiy saytdan yuklab olishingiz mumkin.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:

  • Loyiha obyekti joylashgan yerning xarita-chizmasi. Oddiy qalam va chizig‘ichdan fodalanib, hamma biladigan ob’ektdan (masalan, katta ko‘cha yoki hammaga ma’lum bino va h.k.) siz joylashgan ergacha borish uchun mo‘ljal xaritasini chizing. Taxminiy masofani kilometrlarda ko‘rsating.
  • Loyiha obyekti xonalarining umumiy chizmasi. Agar u ko‘pqavatli bino bo‘lsa, standart qog‘oz varag‘iga binoning umumiy ko‘rinishini chizing va har bir qavatni alohida ko‘rsating. Masalan, uch qavatli binoning chizmasi 4 varaqdan tashkil topadi: birinchi varaq – umumiy tarh(plan), qolgan uch varaq qavatlar bo‘yicha. Chizmada so‘ralayotgan uskuna o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan xonani yoki joyni albatta ko‘rsating.
  • Xonalar fotosurati, bunda faqat loyiha amalga oshirilishi uchun ajratilayotgan xonalar ko‘rsatiladi, shuningdek mavjud uskunalarning fotosuratlari ilova qilinadi. Orqasiga fotosuratda nima aks ettirilganini yozib qo‘ying.
  • Smetalar yoki tijorat takliflari (prays varaqalar emas!) so‘ralayotgan uskuna yoki ta’mirlash ishlari uchun kamida uchta xar xil etkazib beruvchi tashkilot tomonidan tuziladi va Sizning loyihangizga oid zarur buyumlar/xizmatlarning spetsifikatsiyalari ilova qilinadi. Narxlar joriy moliya yili oxirigacha amalda qoladigan bo‘lishi va Buyurtmachigacha etkazib berish xarajatlarini o‘z ichiga olishi shart. Yaponiyada moliya yili 1 apreldan 31 martgacha.
  • Loyihaning batafsil byudjeti. Unda so‘ralayotgan uskunaning nomi, miqdori va tahminiy qiymati ko‘rsatiladi.
  • Har bir so‘ralayotgan uskunaning zarurligi va maqsadi asoslangaligi (qanday maqsadlarda va qanchalik tig‘izlikda ishlatiladi, qaerga joylashtiriladi, undan foydalanishdan qanday foyda olinadi va h.k. Uskunani/texnikani olishdan qanday natijalar kutilayotganini bayon eting.
  • Tasdiqlangan xarajatlar smetasi – tashkilotning o‘tgan ikki yillik daromadlarini va xarajatlarini ko‘rsatgan holda.
  • Audit o‘tkazish yuzasidan tijorat takliflari uchta turli audit firmalaridan olinadi va ularning sertifikatlari nushasi ilova qilinadi. Ushbu band NNT lar uchun va ta’mirlash tiklash, suv tozalash, gaz ta’minoti tizimlarini o‘rnatish ishlariga so‘rovnoma bergan tashkilotlar uchun majburiydir.
  • Arizachi-tashkilot rahbari pasportining nusxasi.
  • Faqat NNT uchun – Ustav nusxasi va tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi, shuningdek ijara shartnomasining yoki binoga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Arizachi tashkilot rahbari tomonidan imzolangan ariza va boshqa barcha ilova hujjatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Yaponiya elchixonasidagi Dastur kooridantorlariga topshirilishi yoki pochta orqali elchixona manziliga jo‘natilishi shart. Elchixona faks yoki elektron pochta orqali jo‘natilgan arizalarni va ilova hujjatlarni qabul qilmaydi. Shuningdek qabul qilingan arizalar va ilova hujjatlar arizachi tashkilotga qaytarilmaydi.

Arizalarni topshirish uchun manzil:

100047 Toshkent sh., Yashnobod tumani,
Sodiq Azimov ko‘chasi, 1/28
O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi
Kichik grantlar dasturi
Telefon: (+998 71) 120-80-60 / 61 / 62 / 63

Qushimcha ma’lumot uchun elchixona kichik grantlar dasturining koordinatorlari bilan bog‘lanish mumkin.

Telefon: (+998 71) 120-80-60 / 61 / 62 / 63
Faks: (+998 71) 120-80-75
El.pochta: grant@ts.mofa.go.jp

Grant beriladigan loyihalarga misollar

Namuna sifatida keltirilayotgan quyidagi sohalar va loyihalar dastur doirasida ma’qul loyihalar deb topilishi mumkin:

Sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilash

• Shifoxonalar, reabilitatsiya markazlari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot uskunalarini yetkazib berish orqali joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash;

Ta’lim sifatini yaxshilash

• O‘rta ta’lim maktablari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatlar va bolalar bog‘chalariga mebel, asosiy texnika va uskunalarni etkazib berish orqali joylarda ko‘rsatilayotgan boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sifatini oshirish;

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish

• Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnika va uskunalarini sotib olish orqali qishloq xo‘jaligi yerlarinining holatini yaxshilash;

Kam ta’minlangalikni kamaytirish

• Qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali kam ta’minlangan aholi qatlamlari, shu jumladan, ishsiz ayollar, yoshlar, imkoniyati cheklangan insonlar va boshqalarni aktiv mehnat faoliyatiga jalb qilish.

Grant berilmaydigan loyihalarga misollar

Quyidagi loyihalar ushbu dastur doirasida ma’qul bo‘lmagan loyihalar deb topilgan:

(1) Madaniyat, sport va san’at sohalari bilan bog‘liq loyihalar (Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha alohida grant mavjud);
(2) Biznes va tijorat faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq loyihalar;
(3) Diniy, harbiy va siyosiy faoliyatga oid loyihalar;
(4) Ilmiy tadqiqotlarlarni va oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash loyihalari;
(5) O‘yin maydonchalari va parklar qurilishi;
(6) Tijorat maqsadlarida bolalar uchun o‘yinchoqlar, sport trenajyorlari sotib olish;
(7) Kitob mahsulotlarini nashr etish/sotib olish;
(8) Yengil avtomashinalar sotib olish.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!