×

Magistratura va doktoranturada o’qish uchun Koreya davlati grantlari!


Grant

MUHLAT

01.03.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

8475 marta

Koreya Respublikasi  xalqaro talabalarni Koreya universitetlarida o’qishga taklif qiladi. Grantlar magistratura va doktorantura uchun beriladi. O’qish ham ingliz tilida, ham koreys tilida taklif qilinadi. Qaysi tilda o’qishni o’zingiz tanlashingiz mumkin. Koreys tilini yaxshi bilsangiz, koreys tilida o’qishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlarni to’liq qoplaydi. Jumladan:

  • Ishtirokchi davlatidan Koreyaga samolyot xarajatlari;
  • Oyiga 900 ming Koreya voni miqdorida stipendiya;
  • Gumanitar fanlarda ilmiy ish qilayotganlarga tadqiqot uchun har semestr qo’shimcha 210 ming von, tabiiy fanlar hamda mexanika fanlari uchun esa har semestr 240 ming von moddiy yordam;
  • Ko’chib kelish va joylashish uchun dastur boshlanishida beriladigan 200 ming von moddiy yordam;
  • Tekin koreys tili kurslari – bir yil uchun;
  • O’qish xarajatlari;
  • Dissertatsiyani chop qilish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;

Talablar:

Grant uchun da’vogarlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • Arizachilar sog’lom hamda ruhiy kasalliklardan xoli bo’lishi;
  • 2017-yil 1-sentabrga qadar 40 yoshdan oshmagan bo’lishi;
  • 2017-yilning 31-avgustiga qadar bakalavr yoki magistrlik diplomiga ega bo’lishi;
  • 4 balli GPA baholash shkalasi bo’yicha kamida 2.64 ball, 4.3 balli shkala bo’yicha esa 2.80 va 4.5 ballik shkala bo’yicha esa 2.91 ballga ega bo’lishi yoxud jami baholari 80%dan yuqori bo’lishi lozim. Agar baholarni foizga ko’chirish qiyin bo’lsa, mazkur universitetdan bu haqda ma’lumotnoma taqdim qilinishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizachilarni saralash jarayoni uch bosqichdan iborat bo’ladi:

  1. Arizachilar elchixona tomonidan tanlab olinadi;
  2. Birinchi bosqichdan o’tgan arizachilar Koreya Davlati Grant Dasturi Saralash Komissiyasi tomonidan saralab olinadi;
  3. Ikkinchi bosqichdan o’tgan arizachilarni qabul qiladigan universitetlar tanlab oladi.

Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar SHU YERDA.

Arizalar 2017-yilning martigacha Koreya elchixonasiga topshirilishi kerak. Aniq ma’lumot uchun Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasiga bog’laning.

Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi manzili:

Toshkent shahri Afrosiyob ko’chasi, 7-uy

Tel.: 998-71-252-3151~3

Fax: 998-71-140-0248 / 998-71-252-7173

Email : uzkoremb@mofa.go.kr

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA va SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!