×

Ayollar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1770 marta

Universitet ayollari Amerika Assotsiatsiyasi (AAUW) ayollarga AQSh universitetlarida magistratura va doktorantura hamda postdoktorlik darajalarida o’qish uchun grant taqdim etadi. Arizachi kamida bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda AQShdagi universitetlardan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Har yili ushbu grantni bundan oldingi yili qo’lga kiritgan 5 ta talabaga kelasi yil uchun ham grant beriladi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Arizachilar ayol bo’lishi hamda magistratura, doktorlik yoki postdoktor darajalarida o’qish uchun hujjat topshirgan yoki o’qiyotgan bo’lishi lozim. G’oliblar akademik yutuqlari yuqori va ayollar masalalari bilan ishlovchi yoki ishlashni maqsad qilgan nomzodlar orasidan saralab olinadi. Grant g’oliblari o’qish tugaganidan keyin o’z davlatlariga qaytishlari shart. Tanlov jarayonida ayollar masalalari bo’yicha ijtimoiy faollik ko’rsatgan, shu sohada jamoatchilik ishlarida faol va professional ayollarga afzallik beriladi.

Grant kimlar uchun?

AYOLLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • Magistratura/birinchi professional daraja: $18000
  • Doktorantura: $20000
  • Postdoktorlik: $30000

Talablar:

Grant uchun da’vogar nomzod –

  • AQShdan boshqa davlatlarning fuqarosi bo’lishi (Agar AQShda bo’lsa, muhojirlik vizasidan boshqa vizaga ega bo’lishi);
  • O’qish tugagandan so’ng o’z davlatiga qaytib ketishga rozi bo’lishi;
  • Magistratura va birinchi professional daraja uchun grantga topshiruvchilar 2015-yilning 1-dekabriga qadar shu soha bo’yicha AQShdagi universitetlarga hujjat topshirgan bo’lishi va ushbu grantga to’ldirgan arizasida universitetning nomini ko’rsatishi lozim. Birinchi professional darajada deganda JD, MFA, LLM, M.Arc yoki tibbiy darajlar uchun MD, DDS kabi darajalar nazarada tutiladi;
  • Postdoktorlik uchun grantga topshirmoqchi bo’lganlar doktorlik darajasiga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilini mukammal egallagan bo’lish lozim. Ushbu grantga arizada IELTS testining natijalari qabul qilinmaydi. Faqat TOEFL testining natijalari qabul qilnadi.  Arizachi TOEFL PBTdan kamida 550, CBTdan kamida 213 va iBTdan kamida 79 ballga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun so’nggi muhlat: 2016-yil 1-deakbr.

Topshirish lozim bo’lgan zarur hujjatlar va ariza topshirish jarayoni haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Natijalar 2017-yilning 15-aprelida AAUW vebsaytida e’lon qilinadi.

Grantdan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun foydalanish mumkin:

  • Universitet xarajatlari;
  • Yashash xarajatlari;
  • Yosh bolalarining bog’cha va maktabi uchun ketadigan xarajatlar;
  • Professional yig’ilishlar, konferensiya va seminarlarga ketadigan xarajatlar (umumiy grant miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak).

Ushbu grant talabaning o’z davlatidan AQShga kelish va qaytib ketish safar xarajatlarini qoplamaydi. Talabalar o’qish davomida haftasiga 15 soatgacha ishlashiga ruxsat beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!