×

Ayol jurnalistlar uchun Elizabet Neuffer stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

29.04.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1594 marta

Dastur inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalarini yoritadigan ayol jurnalistlarning mahoratlarini oshirish uchun akademik va professional malaka oshirish dasturini taklif qiladi.

Dasturda tele va radio hamda internet OAV va mediyasida to’liq yoki qisman jurnalistik faoliyat bilan shug’ullanayotganlar ishtirok etishi mumkin. Dasturga barcha millat vakilalari ariza topshirishi mumkin.  Ishtirokchilar AQShning Massachusts shtati, Kembrij shahridagi Massachusets Texnologiya Institutida ta’lim oladi va «Boston Gloub»  hamda «Nyu-York Tayms» kabi obro’li tashkilotlarda amaliyot o’taydi. Dastur 2016-yil avgustdan 2016-yil mart oyigacha davom etadi.

Grant kimlar uchun?

AYOL JURNALISTLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

  • Ishtirokchi davlatidan AQShga kelish va ketish xarajatlari;
  • Turar-joy va yashash xarajatlari;
  • Va boshqa xarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilarga oylik stipendiya beriladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Ayol jurnalistlar;
  • Kamida 3 yil professional jurnalistika tajribasiga ega bo’lganlar;
  • Ingliz tilini mukammal biladiganlar;
  • Inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalarini yoritishga qiziqqanlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  • To’ldirilgan ariza shakli;
  • Rezyume;
  • Ikkita jurnalistik ishidan namuna;
  • Ikkita tavsiyanoma uchun belgilangan shaklni to’ldirish.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!