×

Avstraliyaning Nyukasl universitetida magistratura va doktoranturada o’qish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

31.08.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

992 marta

Universitet va Hamdo’stlik davlatlari grant dasturi Avstraliyada joylashgan Nyukasl universitetida ilmiy tadqiqot qiluvchi magistratura va doktorantura darajalari uchun to’liq grant beradi. Grant talabalarning akademik yutuqlari, ya’ni oldingi o’qishlaridan olgan yuqori bahosi hamda ilmiy tadqiqotga bog’liq tajribasi va qiziqishiga qarab beriladi. Magistraturada o’qish ikki yil, doktoranturada o’qish esa 3 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURA VA DOKTORANTURA UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur  oylik stipendiya, ko’chib kelish uchun moliyaviy yordam, ilmiy ish yozish uchun moliyaviy yordam, o’qish xarajatlari va tibbiy sug’urtani qoplaydi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Magistratura uchun: kamida bakalavr diplomiga ega bo’lgan, doktorantura uchun: kamida magistratura diplomiga ega;
  • Bakalavr yoki magistraturani birinchi darajali a’lo baholarga bitirgan;
  • IELTS imtihonidan kamida 6.5 yoki TOEFL iBT imtihonidan kamida 93 ko’rsatgichga ega;
  • Doktorantura uchun: ilmiy tadqiqotga katta e’tibor berilgan magistratura darajasiga ega;
  • Xalqaro jurnallarda ilmiy ishini chop ettirgan shaxslar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Grantga universitetga ariza to’ldirish bilan birgalikda ariza to’ldirish lozim. Univesitetga ariza topshirish jarayoni:

  1. Ilmiy ishingizga rahbarlik qilish uchun universitet professorlari orasidan o’zingizning sohangiz va qiziqishlaringizga mos bo’lgan yo’nalish professorini qidirib toping (SHU YERDA);
  2. Ilmiy tadqiqot rejasini yozing (namuna SHU YERDA);
  3. Ilmiy tadqiqotingiz uchun mos o’quv dasturini tanlang (Magistratura SHU YERDA,  Doktorantura SHU YERDA);
  4. Ro’yxatdan o’ting va o’qish uchun ariza to’ldiring SHU YERDA.

Ariza to’ldirish jarayonida quyidagilar so’raladi:

  • Barcha diplom baholarining nuxsasi;
  • Ilmiy tadqiqot rejasi;
  • Chop etilgan ilmiy maqolalarining nusxasi;
  • IELTS yoki TOEFL natijasi;
  • Rezyume;
  • Muqaddam bajarilgan ilmiy tadqiqotlari haqida ma’lumot (qachon, qaysi soha va mavzuda);
  • Qo’shimcha akademik va shaxsiy yutuqlarining isboti bo’la oladigan hujjatlar (sertifikat, sovrinlar).

Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2015-yil 31-avgust 16:00.

Natijalar dekabr oyining o’rtalarida ma’lum qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!