Ozarbayjonning Xazar universiteti 2015-2016-o’quv yili uchun bakalavr, magistratura va doktorantura darajalariga xalqaro talabalardan hujjatlar qabul qiladi. Grant dasturida har yili har bir davlat uchun ikkita o’rin ajratiladi. O’qish ingliz tilida olib boriladi. Universitetdagi barcha o’quv yo’nalishlariga hujjat topshirish mumkin.
Grant kimlar uchun?
BAKALAVR, MAGISTRATURA VA DOKTORANTURADA O'QIMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Har bir davlat uchun ikkita grant o’rni ajratiladi. Grantning davom etishi uchun talaba universitet talablari darajasida o’qishi kerak. Grant to’liq o’qish xarajatlarini qoplaydi. Ammo yashash va safar xarajatlarini qoplamaydi.
Talablar:
Grant uchun istalgan xorijiy davlat fuqarosi hujjat topshirishi mumkin. Ular quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
- Yaxshi ta’lim ko’rsatkichlari;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi (TOEFL yoki IELTS talab qilinmaydi, ammo shu test natijalariga ega bo’lganlarning grant yutish imkoniyati oshadi. Ta’lim ingliz tilida olib borilgan maktab yoki o’quv yurtida o’qiganlar ham TOEFL yoki IELTS natijalarini topshirishi shart emas)
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun hujjatlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
- Avvalo, universitet anketasini to’ldirish kerak.
Universitet anketasi:
Bakalavr uchun (SHU YERDA)
Magistratura uchun (SHU YERDA)
Doktorantura uchun (SHU YERDA)
2. Universitet anketasi bilan birga, grant uchun alohida anketa to’ldirish lozim.
Grant anketasi (SHU YERDA)
3. Bakalavr darajasi uchun hujjat topshirayotganlar anketaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim:
Tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqida guvohnoma;
Rezyume;
Maktabdan olingan guvohnoma nusxasi;
TOEFL yoki IELTS natijasi (shart emas);
O’qish va karyera maqsadlari aks etgan qisqa insho (ingliz tilida).
Magistratura darajasi uchun hujjat topshirayotganlar anketaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim:
Tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqida guvohnoma;
Rezyume;
Bakalavr diplomining nusxasi;
Baholar ilovasidan olingan nusxa;
TOEFL yoki IELTS natijasi (shart emas);
O’qish va karyera maqsadlari aks etgan qisqa insho (ingliz tilida);
Kamida, ikkita tavsiyanoma.
Doktorantura darajasi uchun hujjat topshirayotganlar anketaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim:
Tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqida guvohnoma;
Rezyume;
Magistratura diplomining nusxasi;
Baholar ilovasidan olingan nusxa;
TOEFL yoki IELTS natijasi (shart emas);
O’qish va karyera maqsadlari aks etgan qisqa insho (ingliz tilida);
Kamida, ikkita tavsiyanoma.
4. Tayyor bo’lgan anketa va hujjatlar 2015-yilning 15-mayigacha international@khazar.org elektron pochtasiga yoki quyidagi manzilga jo’natilishi kerak:
Khazar University
International Affairs Office
11 Mehseti Street,
Baku, AZ1096, Azerbaijan
Grant uchun tanlab olingan talabalarga 2015-yilning iyun oyi oxirigacha e-mail orqali xabar beriladi. Natijalar universitet saytiga ham qo’yiladi.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, quyidagi manzilga bog’laning:
41 Mehseti Street Baku, AZ1096, Azerbaijan
Tel.: (+994 12) 421 79 16 (extension 240)
Fax: (+994 12) 498 93 79
Email: international@khazar.org