×

Tadbirkorlar uchun Germaniyada bir oylik stajirovka


Grant

MUHLAT

01.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1211 marta

O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi Germaniyaga bir oy davomida bo’lib o’tadigan stajirovka uchun nomzodlar qabul qilishni e’lon qiladi.

Stajerovka yo‘nalishi «Umumiy iqtisodiy kooperatsiya».

Stajirovka rus tilida olib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2014-yil 1-dekabrdan 2015-yil
1-fevralgacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Ishtirokchi anketasi (2 nusxada) yuklab olish;
  • Korxona boshlig‘i tomonidan tavsiyanoma;
  • Ish joyidan ma’lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • SSPga a’zolik haqidagi shartnoma nusxasi;
  • Soliq organlaridan qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma;
  • Tijorat bankidan qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma.

Germaniyada Stajerovka davomida barcha o‘qish va yashash xarajatlari Germaniyaning iqtisodiyot va energetika federal vazirligi tomonidan qoplanadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan 10 kunlik majburiy kurs bo‘yicha o‘qish xarajatlari va Germaniyaga borish-qaytish avia xarajatlari yuborayotgan korxona (yoki ishtirokchining o‘zi) tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etishning asosiy talablari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zoligi;
  • Nomzodning oxirgi 2 yildan kam bo‘lmagan, o‘rta yoki yuqori pog‘onada boshqaruvchi sifatidagi ish tajribasi;
  • Nomzodning yoshi – 45 yoshdan yuqori bo‘lmagan;
  • Rus tilini mukammal egallagan (ingliz tili – ma’qul ko‘riladi).

Muhim!

Saralash suhbatida faqat O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin;
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (anketalar www.chamber.uz saytidan yuklab olinishi mumkin) bir vaqtning o‘zida to‘liq va qogozga chiqarilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi manzil bo‘yicha taqdim qilinadi:
Toshkent sh., A.Temur ko‘chasi,4;
To‘ldirilgan anketalar va pasportni elektron ko‘rinishda taqdim etish talab qilinadi (sa.babakulov@chamber.uz).

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin:

(+998 71) 230-78-37 230-78-41; 233-22-09; 150-60-06,

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!