Nemis tili va madaniyati instituti jamg’armasida har yili xalqaro yozgi kurslar bo’lib o’tadi. Grantlar barcha yo’nalishdagi talabalar uchun beriladi.
Ular: nemis tili, iqtisodiyot, madaniyat va siyosatga qiziqishlarini ko’rsatib berishlari kerak bo’ladi.
Kursnining maqsadi: Dunyo xalqlari birlashishida tilning ro’li va mamlakatlar orasida turli xil loyihalarni ahamiyati.
Grantni moliyaviy homiylari – akademik institutlar va kompaniyalar, shuningdek fondlar va banklar hisoblanadi. Homiylar grant sohiblari bilan shaxsan tanishishdan manfaatdordirlar.
Stipendiya beruvchilar- kurs qatnashchilaridan kursda o’rgangan bilim va tajribalarini o’z mamlakatlarida ham boshqalar bilan ulashishlarini kutib qolishadi.
E’tibor bering: Motivatisiya maktubingizni yozish vaqtida aynan tepadagi jumlalarga e’tibor berib yozing. Siz Germaniyadan qaytib kelib boshqalar uchun qanday qilib bilimlaringizni ulasha olasiz. Innovatsiyon g’oyalardan ham foydalaning.
Sizga quyidagi kurslar taklif etiladi:
Nemis tilidan intensiv kurs;
Nemis adabiyotiga sayohat;
22-Xalqaro yozgi akademiya;
Grant kimlar uchun?
Nemis tilidan yaxshi bilimga ega va moliyaviy jihatdan yozgi kursning qisman hajatlarini to’lash imkoniyatlariga ega bo’lgan ishtirikchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant faqat kurs narxini o’z ichiga oladi! (Teilstipendium)
Qolgan barcha xarajatlarni sizning hisobingizdan. Masalan: sayohat, turar joy , oziq-ovqat.
Iltimos, ushbu qo’shimcha xarajatlar uchun o’zingiz haq to’lay olsangizgina murojaat qiling.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutish uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Tarjimai hol;
- Hozirgi paytdagi faoliyatingiz haqida qisqacha ma’lumot;
- Motivatsiya maktubi;
- Tavsifnoma (masalan, dotsent yoki ish beruvchi);
- Kursdan ro’yhatga o’tganligingiz to’g’risida ma’lumot.
Grant e'lon qilgan tashkilot:
Martin Luther nomidagi Halle –Wittemberg universitetiUshbu maqola nemis tilini o’rgatish va Germaniyadagi ta’lim haqidagi ma’lumotlar berishga ixtisoslashgan ©Deutsch Online Usbekistan-iuzbek-deutsch Community tahririyati tomonidan tayyorlandi. Tahririyat kanaliga qo’shilish:
https://t.me/deutschonlineUsbekistan