Innovatsion Ta’lim Simpoziumi-2018(IES-2018) mamlakatimiz bo’ylab ta’lim sohasi ahlini o’zida birlashtiradi.
2018-yilning 20-22 aprel kunlari o’tkazilishi rejalashtirilayotgan loyiha o’zaro ta’lim jarayoniga doir turli bahs-munozaralar, sohaning professional vakillari bilan seminarlar va boshqa mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Loyiha 2 yo’nalishda olib boriladi: o’qituvchilar va o’quvchilar uchun.
O’qituvchilar yo’nalishida ayni paytda ta’lim berishga doir tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar qatnashsa, o’quvchilar yo’nalishida turli ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar, shu jumladan talabalar ishtirok etadilar.
Grant kimlar uchun?
O’qituvchi va ta’lim oluvchilar
Batafsil ma'lumot uchun link
Talablar:
- Nomzod ma’lum muassasa(umumta’lim, o’rta-maxsus ta’lim, oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari) da o’qituvchi, o’quvchi yoki talaba, yoki erkin izlanuvchi bo’lishi;
- Ingliz tilini bilishi;
- Yo’nalishlar o’z ichiga qamrab olgan mavzularga qiziqish bildirishi kerak
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar uchun turli pozitsiyalar mavjud:
- plenary speaker
- workshop conductor
- ishtirokchi(participant)
- homiy(exhibitor)
- volontyor
Arizalar onlayn tarzda google forma shaklida to’ldiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: medina.rahmonova@gmail.com