×

Ispaniya: Oyiga 2200 yevro to’lanadigan tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

20.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

4093 marta

Ispaniyada joylashgan oliy ta’lim muassasasi the Rovira i Virgili University magistraturani bitirgan va PhD (doktoranturada) o’qimoqchi bo’lganlar yoki o’qiyotganlar  uchun tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi yosh tadqiqotchi va olimlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Qabul qilinishi mo’ljallangan tadqiqotchilar soni: 28ta.

O’qish/tadqiqot olib borish sohasi: Nomzodlar quyidagi soahalardan birida tadqiqot olib borishlari mumkin:

  • Engineering;
  • Social and Legal Sciences;
  • Health Sciences;
  • Arts and Humanities;
  • Sciences;

Ushbu sohalar ichida ham aniq tadqiqot yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturani bitirgan va PhD (doktoranturada) o’qimoqchi bo’lganlar yoki o’qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy va boshqa shakldagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Oyiga 2200 yevro atrofida oylik stipendiya;
  • Yiliga transport xarajatlari uchun 7500 yevrogacha transport ta’minoti to’lovi;
  • Dunyoning yetakchi kompaniyalarida 3-6 oylik amaliyot o’tash imkoniyati;
  • Sifatli ta’lim olish imkoniyati;

Nomzodlar tadqiqot olib borishning eng uzoq muddati 36 oy (3 yil).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi kerak:

  • Nomzod 2018-yil 31-iyulgacha bo’lgan muddatda 3 yil davomida Ispaniyada 12 oydan ortiq yashamagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod doktorlik darajasini olmagan va o’z tadqiqotini boshlaganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod magistrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va ushbu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak (IELTS/TOEFL ballari so’raladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Nomzod quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

  1. Pasport nusxasi.
  2. CV.
  3. Bakalavrlik diplomi nusxalari.
  4. Bakalavrlik davrida olingan baholar ro’yxati (diplom ilova) – ingliz tiliga tarjima qilingan holda.
  5. Magistrlik diplomi nusxasi.
  6. Magistrlik dissertatsiyasining qisqacha izohi.
  7. Motivatsiya xati.
  8. Ikkita tavsiyanoma.
  9. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL).

Barcha hujjatar ingliz tilida bo’lishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!