×

Xitoy: Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun to’liq grant va oylik sipendiya


Grant

MUHLAT

01.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5641 marta

Sichuan qishloq xo’jaligi universiteti (The Sichuan Agricultural University) bakalvriat (4 yil), magistratura (3 yil) va doktorantura (3 yil) da o’qish uchun to’liq grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli yoshlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Grantlar Sichuan universitetida mavjud bo’lgan yo’nalishlar uchun beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. Grant doirasida talaba o’qiyotgan kursning to’liq kontrakti qoplab beriladi (doktorantura va magistratura uchun yiliga 20000 RMB, bakalavr uchun yiliga 16000 RMB).
  2. Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi (doktorantura uchun 2000RMB – 318 AQSH dollari, magistratura uchun 1700 RMB – 270 AQSh dollari va bakalavr uchun 1300 RMB – 203 AQSh dollari).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  1. Xitoy fuqarosi bo’lmaslik, Xitoyga nisbatan do’stona kayfiyatda, har taraflama sog’lom bo’lish.
  2. Yuqori reyting ko’rsatkichlariga ega bo’lish.
  3. Xitoy hukumati tomonidan boshqa hech qanday grant olmagan bo’lish.
  4. Yoshga qo’yilgan talablarga javob berish (nomzod bakalavriat uchun 30, magistratura uchun 35 va doktorantura uchun 40 yoshdan o’tmagan bo’lishi kerak)
  5. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hutjjatga ega bo’lish (IELTS).

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar quyidagi ketma-ketlikda topshiriladi:

  1. Nomzodlar Sichuan universitetining xalqaro bo’limi (admissions page of SAU international office) rasmiy vebsaytidan qabul haqida ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqishlari kerak.
  2. Grant uchun onlayn tizimda ariza topshiriladi, ariza tasdiqlangach universitetning xalqaro bo’limiga kerakli xujjatlar jo’natiladi.
  3. To’ldirilgan arizaning ikkita nusxasi chop etiladi va boshqa hujjatlar bilan birga Sichuan universitetiga (International Students Office (ISO)) pochta orqali yoki shaxsan yetkaziladi.

Universitet kontaktlari:

International Students Office of Sichuan Agricultural University:

Address: Room 721, Administration Building 1,

No.211 Huimin Road, Wenjiang District, Chengdu
611130, P. R. China

Tel: +86-28-86293221,+86-835-2882969
Email: iso@sicau.edu.cn
Website: http://english.sicau.edu.cn/

  • Fikr bildirish yopilgan.

    error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!