Chexiyada joylashgan Charlz universiteti (Charles university) bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun grant dasturini e’lon qildi. Dasturning maqsadi -iqtidorli va umidli talabalarni qo’llab quvvatlash.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalr soni: 6ta.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr yoki magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Dastur doirasida talabaning birinchi o’quv yilining birinchi semestri uchun kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi.
- Bir martalik 50 000 CZK ( 2000 yevro atrofida) stipendiya bilan ta’minlanadi.
Talabaning keyingi xarajatlari grantga kiritilmagan.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
O’zbekistan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina.Talablar:
Grant dasturida faqat Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistan fuqarolari qatnasha oladilar.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Grant uchun ariza.
- Nomzodning Charlz universitetida nimalarni o’rganishga umid qilayotgani va nima uchun grantga muhtoj ekanini bayon etuvchi insho (yozilgan so’zlar soni 1000tadan oshmasligi kerak).
- Nomzod bilan tanish bo’lgan o’qituvchilardan olingan ikkita tavsiyanoma.
- Nomzodning grantga muhtoj ekanini ko’rsatuvchi moliyaviy dalil.
- Onlayn holda to’ldirilgan ariza. (https://is.cuni.cz/studium/eng/prijimacky/index.php?KEY=Az1) Onlayn arizada nomzod o’zi tanlagan yo’nalish nomini aniq qilib ko’rsatishi kerak. Onlayn ariza topshirmagan nomzodlarning boshqa xujjatlari ko’rib chiqilmaydi.
Yo’nalishlar:
Bakalavriat uchun: Bachelor in Economics and Finance (BEF).
Magistratura uchun:
Xujjatlar Charlz universiteti Xalqaro bo’limi (International office) boshqaruvchisiga (manzil: https://fsv.cuni.cz/en/contact-us/international-office) jo’natilishi kerak. Barcha hujjatlar ingliz tilida (original yoki rasmiy tarjima) bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Qiziqtirgan savollar yuzasidan International Office boshlig’i Ms. Nina Bílovská ga e-mail orqali murojaat qilishingiz mumkin.