×

5-19-yoshli bolalar uchun Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi: rasm chizib pul mukofoti yutib oling


Grant

MUHLAT

01.10.2026

QOLGAN VAQT

103 kun

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

183 marta

Xalqaro kimyo va sanʼat tanlovi oʻquvchilarni kimyoni laboratoriyadan tashqarida — ijodkorlik, tasavvur va o’zini ifoda etish orqali oʻrganishga taklif qiladi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar talov mavzusiga mos rasm chizishi va topshirishi kerak.

Bu tanlov yoshlarga kimyoviy tushunchalarni kuchli sanʼat asarlariga aylantirish imkoniyatini beradi, bu kimyo shunchaki formulalar va tajribalar emas, balki rang, his-tuygʻu, innovatsiya va taʼsir ekanligini koʻrsatadi. Oʻquvchilar ishtirok etish orqali oʻz ishlarini namoyish etish, professional kimyogarlar, oʻqituvchilar va rassomlar tomonidan oʻzlarining ijodkorliklarini nishonlash va ham fan, ham tasavvurni qadrlaydigan global hamjamiyatga qo’shilish uchun xalqaro platformaga ega boʻladi.

2026-yilgi tanlovning mavzusi: Chemistry Powering our Planet (Sayyoramizni quvvatlayotgan kimyo).

Ushbu mavzu ishtirokchilarni kimyoning dunyomizga va kelajakka qanday taʼsir qilishini o’rganishga taklif qiladi. Talabalar mavzuni soʻzma-soʻz yoki xayoliy tarzda talqin qilishi, fanni sanʼat bilan birlashtirib, hayot va texnologiyani mumkin qiladigan energiya, reaksiyalar va oʻzgarishlarni namoyish etishi mumkin.

Tanlov uch qismga bo‘linadi:

  1. Jamoaviy san’at asarlari (barcha yoshdagilar uchun)
  2. Kichiklar bo‘limi: 5-12 yosh
  3. Kattalar bo‘limi: 13-19 yosh

Kichiklar va kattalar bo‘limlarida ishtirokchilar yoshga qarab guruhlanadi:

Kichiklar bo‘limi:

  • 5-8 yosh
  • 9-12 yosh

Kattalar bo‘limi:

  • 13-15 yosh
  • 16-19 yosh

Ushbu tanlovda qatnashish bepul.

Oʻtgan yilgi tanlovda qisqa roʻyxatga kiritilgan ishlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (“ENTER EXIBITION” yoki “START GUIDED TOUR” tugmasini bosing).

Grant kimlar uchun?

5-19-yoshli bolalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kichiklar va kattalar yosh guruhlarining har birining umumiy g‘olibi, shuningdek, jamoaviy san’at asari yoʻnalishi g‘olibi 500 Avstraliya dollari (taxminan 350 AQSH dollari) miqdorida mukofot oladi.

Bundan tashqari, tanlov platformasi orqali ommaviy ovoz berish orqali aniqlanadigan Xalq tanlovi g‘olibiga 500 Avstraliya dollari miqdoridagi mukofot beriladi.

Shuningdek, ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Gʻoliblarning ishlari tanlov tashkilotchilarining platformalarida namoyish etiladi.

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish va ishlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda 5-19 yoshli bolalar oʻz yosh guruhi asosida qatnashish mumkin. Istalgan mamlakatdan boʻlgan bolalar qatnasha oladi.
  • Barcha arizalar onlayn ariza shakli yordamida raqamli ravishda topshirilishi shart. Ariza shaklini onlayn topshirganingizdan keyin sizga email orqali tasdiqnoma keladi.
  • Har bir ariza alohida topshirilishi kerak (ya’ni, har bir alohida sanʼat asari uchun alohida ariza).
  • Ilova qilingan ishlar JPG yoki PNG formatida boʻlishi va 2 MB dan oshmasligi kerak.
  • Har bir ilova qilingan ish uchun sarlavha quyidagi formatda bo’lishi kerak: FAMILIYA_ISM_MAKTAB_SHAHAR
  • Har bir ishtirokchi uchun faqat bitta alohida ariza qabul qilinadi. Alohida sanʼat asarini topshirishdan tashqari, siz BITTA jamoaviy sanʼat asariga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.
  • Taqdim etilgan barcha ishlar oʻquvchining asl ijodi bo’lishi kerak. Oldindan mavjud boʻlgan tasvirlarning nusxalari qabul qilinmaydi. Boshqa birov tomonidan yaratilgan konturni boʻyash yoki badiiy asarni yaratishda tashqi yordam olish ham taqiqlanadi.
  • Ishlar har qanday jismoniy anʼanaviy vositalar, jumladan, pastellar, moyli pastellar, ruchka, qalam, koʻmir, akril, akvarel, moyli boʻyoqlar, aralash vositalar, kollaj yoki boshqa materiallar yordamida yaratilishi mumkin. Bolalarga ular uchun mavjud boʻlgan har qanday vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Raqamli vositalar (ya’ni Adobe, AI, Canva yoki shunga o’xshash vositalar) yordamida yaratilgan ishlar QABUL QILINMAYDI.
  • Ishlar internetda, bosma nashrlarda yoki boshqa joylardagi tasvirlarga haddan ortiq tayangan holda yaratilmasligi kerak.
  • Barcha ishlar chizma, rasm, aralash vositalar yoki fotosurat boʻlishi kerak. Videolar va uch oʻlchovli haykallar qabul qilinmaydi. Barcha ishlar raqamli tarzda (onlayn shaklda) topshirilishi kerak, jismoniy ishlar qabul qilinmaydi.
  • Ishlarni yaratishda sun’iy intellekt (AI) vositalari yoki dasturlardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Toʻliq yoki qisman AI yordamida yaratilgan deb topilgan har qanday ish avtomatik ravishda tanlovdan chetlashtiriladi. Barcha taqdim etilgan badiiy asarlar AI tomonidan yaratilgan kontentni aniqlash va monitoring qilish uchun koʻrib chiqish va yaxlitlik jarayonlarimizning bir qismi sifatida AI aniqlash dasturi yordamida tekshirilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA topshiriladi (ariza topshirish uchun havola 2026-yil 1-avgustda shu sahifaga joylanadi).

Ishlar dastlab qoʻlda chizilishi, keyin ular sifatli JPG yoki PNG fayl shaklida (maksimal 2 MB) onlayn ariza orqali yuborilishi kerak. Ariza topshirishdan oldin roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Ariza topshirishda bolalarga ota-ona, oʻqituvchi yoki boshqa katta yoshlilar yordam berishi mumkin.

Ishlarni baholashda hakamlar quyidagi mezonlarni hisobga oladi:

  • Mavzuni sanʼat orqali yetkazish.
  • Dizayn va vizual taʼsirning o’ziga xosligi.
  • Yosh guruhiga tegishli kimyo gʻoyalari.
  • Sanʼat asarining tavsifi

Xalq tanlovi mukofoti rasmiy tanlov platformasi orqali olingan umumiy ovozlar soniga qarab belgilanadi. Har bir ishtirokchi har bir san’at asari uchun bitta ovoz berishi va o’zi xohlagancha turli xil san’at asarlariga ovoz berishi mumkin.

Natijalar 2026-yil 11-noyabrda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy sayt va ariza topshirish sahifasidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: education@raci.org.au