×

Andijonda IT Community Roadshow 2026: AI, startaplar va IT karyera bo‘yicha bepul tadbir


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

158 marta

CHOP ETILGAN

22.06.2026

Andijon shahridagi Prezident maktabida IT Community of Uzbekistan tomonidan 2026-yil 27-iyun kuni navbatdagi IT Community Roadshow tadbiri tashkil etilmoqda.

IT Community Roadshow — bu O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan bepul ta’lim va karyera tadbirlari seriyasi bo‘lib, yoshlarni IT, sun’iy intellekt (AI), startaplar va zamonaviy kasblar sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan.

Roadshow’ning ikkinchi mavsumi doirasida xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonning turli hududlarida yoshlar bilan uchrashmoqda. UZCARD, Uzum, School 21, Women in Tech va boshqa yetakchi tashkilotlar vakillari sun’iy intellekt, IT, startaplar va karyera rivoji bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar. Barcha sessiyalar va ishtirok mutlaqo bepul.

Tadbir 2026-yil 27-iyun kuni 10:00-17:00 da boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar oʻzbek tilida olib boriladi.

Tadbir oʻtkaziladigan manzil: Andijon shahridagi Prezident maktabi, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 73.

Tadbirda nimalarni o‘rganasiz?

Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularda amaliy bilim va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • Sun’iy intellekt davrida karyera qurish;
  • IT sohasidagi ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari;
  • Mahsulotning bozor talabiga mosligini aniqlash;
  • Muvaffaqiyatli startaplarni yaratish va rivojlantirish;
  • Zamonaviy dunyoda raqamli xavfsizlik;
  • LinkedIn’da shaxsiy brend yaratish;
  • Women in Tech hamjamiyati imkoniyatlari;
  • Professional networking va yangi tanishuvlar.

Shuningdek, tadbir davomida interaktiv viktorinalar, sovrinli o‘yinlar va netvorking sessiyalari ham tashkil etiladi.

Tadbirda quyidagi mutaxassislar va hamjamiyat yetakchilari ishtirok etadi:

  • Shavkat Karimov — IT Community of Uzbekistan rahbari;
  • Amir Hotami — Dastur menejeri, IT Community Education;
  • Diyora Satimova — Talabalar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi, School 21;
  • Barno Isamiddinova — Hamkorlar va amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i, School 21;
  • Nozima Sharifova — Volontyor, IT Community of Uzbekistan;
  • Gulasal Salimova — Farg‘ona ambassadri, Women in Tech Uzbekistan.

Moddiy jihatlar

Ushbu tadbirda ishtirok etish bepul. Bepul tushlik va kofe-breklar ham tashkil etiladi.

Shahrixondan keladigan ishtirokchilar uchun Andijon shahriga bepul avtobuslar tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin. Boshqa hududlardan boruvchilar yoʻl xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Tadbir 16 yoshdan katta bo‘lgan barcha ishtirokchilar uchun ochiq:

  • Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari;
  • Talabalar;
  • Yosh mutaxassislar;
  • IT va AI sohasiga qiziqadigan yoshlar;
  • Startap asoschilari va tadbirkorlar;
  • Karyerasini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar.

Tadbirda ishtirok etish uchun nomzodlar 2026-yil 26-iyun 23:59 gacha Telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak.