2026-yil 22-avgust kuni Urganch shahridagi RANCH universitetida IT Community of Uzbekistan tomonidan navbatdagi IT Community Roadshow tadbiri tashkil etiladi.
IT Community Roadshow – bu O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilayotgan bepul ta’lim va karyera tadbirlari seriyasi bo‘lib, yoshlarni IT, sun’iy intellekt (AI), startaplar, frilans va zamonaviy kasblar sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan.
Roadshow’ning ikkinchi mavsumi doirasida xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonning turli hududlarida yoshlar bilan uchrashmoqda. UZCARD, Uzum, School 21, Women in Tech va boshqa yetakchi tashkilotlar vakillari sun’iy intellekt, IT, startaplar va karyera rivoji bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar. Barcha sessiyalar va ishtirok mutlaqo bepul.
Tadbirda nimalarni o‘rganasiz?
Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagi mavzularda amaliy bilim va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
- Sun’iy intellekt davrida karyera qurish;
- IT sohasidagi ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari;
- Mahsulotning bozor talabiga mosligini aniqlash;
- Muvaffaqiyatli startaplarni yaratish va rivojlantirish;
- Zamonaviy dunyoda raqamli xavfsizlik;
- LinkedIn’da shaxsiy brend yaratish;
- Women in Tech hamjamiyati imkoniyatlari;
- Professional networking va yangi tanishuvlar.
Shuningdek, tadbir davomida interaktiv viktorinalar, sovrinli o‘yinlar va netvorking sessiyalari ham tashkil etiladi.
Spikerlar
Tadbirda quyidagi mutaxassislar va hamjamiyat yetakchilari ishtirok etadi:
- Shavkat Karimov — IT Community of Uzbekistan rahbari;
- Amir Hotami — Dastur menejeri, IT Community Education;
- Zarina Luxmanova — CEO, School 21;
- Samandar Akromov — Axborot xavfsizligi departamenti bosh mutaxassisi, UZCARD;
- Ruslanbek Raxmonov —Yetakchi ilmiy xodim, Uzum;
- Shuxrat Mirzayev — Akkaunt menejer, Huawei;
- Nozima Sharifova — Volontyor, IT Community of Uzbekistan;
- Gulnora Abdunazarova — Operatsiyalar bo’yicha rahbar, Women in Tech Uzbekistan.
Xivaliklar uchun bepul transport
Xivadan keladigan ishtirokchilar uchun Urganch shahriga bepul avtobuslar tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Tadbir 16 yoshdan katta bo‘lgan barcha ishtirokchilar uchun ochiq:
- Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari;
- Talabalar;
- Yosh mutaxassislar;
- Frilans, IT va AI sohasiga qiziqadigan yoshlar;
- Startap asoschilari va tadbirkorlar;
- Karyerasini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar.
Tadbir haqida qisqacha
- Sana: 2026-yil 22-avgust (shanba)
- Vaqt: 10:00 – 17:00
- Manzil: RANCH universiteti (Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 26)
- Til: O‘zbek tili
- Ishtirok etish: Bepul
Tashkilotchilar va hamkorlar
IT Community Roadshow tadbiri IT Community of Uzbekistan tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbirning hamkorlari va qo‘llab-quvvatlovchilari qatorida Uzum, Huawei, UZCARD, Free.uz, EPAM, School 21, Women in Tech, OLX hamda Urganch shahridagi RANCH universiteti mavjud.
Ro‘yxatdan o‘tish
Tadbirda qatnashish uchun IT Community of Uzbekistan’ning rasmiy Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting. Roʻyxatdan oʻtish 2026-yil 21-avgust 23:59 gacha davom etadi.




