×

Amaliyot Ofisi — Yoshlar ishlari agentligida amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

21.08.2026

QOLGAN VAQT

7 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

26 marta

“Amaliyot Ofisi” — Yoshlar ishlari agentligida faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar uchun tashkil etilgan amaliyot dasturi. Dastur ishtirokchilarga Agentlik tizimidagi ish jarayonlarini o‘rganish, tajribali mutaxassislar bilan ishlash, real loyihalarda ishtirok etish hamda kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Loyihaning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalarining nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, ularni real ish muhiti bilan tanishtirish va mehnat bozoriga tayyorlashdan iborat.

Bu dastur bitiruvchi bosqich talabalari, bitiruvchilar hamda faol va tashabbuskor yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilar amaliyot davomida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba orttirish bilan birga, jamoada ishlash, professional muloqot, liderlik, mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.

Amaliyot o‘tash mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar

  1. Axborot xizmati va media bo‘limi
  2. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘limi
  3. Xalqaro hamkorlik va reytinglar bo‘limi
  4. Mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodologik ta’minlash bo‘limi
  5. Bolalar, xotin-qizlar, ta’limdagi yoshlar va volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi
  6. Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga ko‘maklashish bo‘limi
  7. Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoshlar siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘limi
  8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi
  9. Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
  10. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish va huquqbuzarlik profilaktikasiga ko‘maklashish bo‘limi
  11. Strategik rejalashtirish, istiqbolli loyihalar va metodologiya bo‘limi

“Amaliyot Ofisi”ning asosiy vazifalari yoshlarni real ish muhitiga jalb qilish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash hamda ularning kelgusidagi bandlik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

Bitiruvchi bosqich talabalari, bitiruvchilar hamda faol va tashabbuskor yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturning manfaatli jihatlari quyidagicha:

  • Yoshlar ishlari agentligi tizimida amaliy tajriba orttiradi;
  • Real loyihalarda ishtirok etadi;
  • Tajribali mutaxassislar bilan ishlaydi;
  • Haftalik trening va uchrashuvlarda qatnashadi;
  • Kasbiy va soft skills ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
  • Jamoada ishlash va professional muloqot tajribasini oshiradi;
  • Eng yaxshi amaliyotchiga oyiga 1 mln so‘m miqdorida stipendiya to‘lanadi;
  • Amaliyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan eng yaxshi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi va ularni amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi;
  • Kelajakdagi bandlik imkoniyatlari uchun zarur tajribaga ega bo‘ladi.

Talablar:

Bu dasturga bitiruvchi bosqich talabalari, bitiruvchilar hamda faol va tashabbuskor yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • faol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lish;
  • yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga intilish;
  • jamoada ishlay olish;
  • topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
  • professional muloqot qoidalariga rioya qilish.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 20-avgust 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalar yoshlar.gov.uz veb-sayti orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab yoshlar.gov.uz veb-saytiga kiring, keyin yuqori oʻng burchakdagi “Kirish” tugmasini bosing. Shundan soʻng OneID, Mobile-ID, ERI yoki QR kod orqali tizimga kirishingiz kerak.

Tizimga kirgandan keyin USHBU SAHIFAGA kirib, soʻrovnomani toʻldiring, CV yuklang, IQ testidan oʻting va arizani yuboring.

Savollaringiz boʻlsa, Telegram orqali @amaliyot_ofisi_menejer hisobiga murojaat qilishingiz mumkin.