×

AQSH: Oʻzbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha stipendiya dasturi – xarajatlar toʻliq qoplanadi


Grant

MUHLAT

20.10.2026

QOLGAN VAQT

27 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

225 marta

Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari institutining (IERES) Markaziy Osiyo dasturi (CAP) O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha nufuzli stipendiya dasturida ishtirok etish uchun yetuk mutaxassislarning ikkinchi guruhini saralash boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qildi. Ushbu tashabbus CAP Uzbekistan: Islohotlar va taraqqiyot yoʻllari dasturining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ushbu tashabbus doirasida oʻzbekistonlik olti nafar ishtirokchi Vashington shahrida uch oylik (2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi.

Mazkur stipendiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Oʻzbekistondagi islohotlar va uning taraqqiyoti kun tartibi uchun yangicha gʻoyalar oʻylab chiqish;
  • oʻzbekistonlik mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash;
  • stipendiya ishtirokchilari va xalqaro ekspertlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
  • Vashington shahrida intellektual tajribalarni almashish uchun yetakchi platforma taqdim etish.

Shu kunga qadar CAP dasturi Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistondan kelgan 100 dan ortiq mutaxassis va tadqiqotchilarga yordam ko’rsatgan. Bu stipendiya shu anʼanani davom ettirib, ishtirokchilarga ixtisoslashtirilgan taʼlim, trenerlik koʻnikmalari, nashr etish imkoniyatlari hamda Vashingtonning faol ekspertlar hamjamiyati bilan bevosita ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

Har bir ishtirokchi oʻzi tanlagan tadqiqot mavzusi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma (Policy Brief) tayyorlaydi va unda oʻz xulosalarini taqdim etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Stipendiya: oyiga 4000 AQSH dollari (har bir ishtirokchi uchun, sug’urta va viza xarajatlarni o’z ichiga oladi)
  • Yoʻlkira xarajatlari uchun 1600 AQSH dollari (har bir ishtirokchi uchun)

Talablar:

Ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  • Oʻzbekistonda yashashi;
  • Magistr yoki undan yuqori ilmiy darajaga hamda kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi;
  • Ingliz tilini professional darajada mukammal bilishi;
  • Kasbiy faoliyati boʻyicha ikkita tavsiyanoma taqdim qilishi;
  • Nashr etilgan ishlarini koʻrsatishi (tadqiqot va nashrlar boʻyicha kuchli tajribaga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi).

Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzlarining tadqiqot loyihalarini taklif qilishlari mumkin:

  • Biznes muhiti va iqtisodiy erkinlik
  • Taʼlim islohotlari va salohiyatni oshirish
  • Urbanizatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi va infratuzilmani rivojlantirish
  • Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
  • Demografik tendensiyalar va ularning iqtisodiy oqibatlari
  • O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 2026-yilning 20-oktabrigacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA topshirish mumkin.

Ariza topshiruvchilar tegishli onlayn shaklni toʻldirishlari va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari kerak boʻladi:

  • ingliz tilidagi rezyume (CV);
  • tadqiqot taklifi (2-3 bet);
  • motivatsiya xati.

Saralab olingan nomzodlar ingliz tilida onlayn suhbatga taklif etiladi.

Batafsil maʼlumot olishni istasangiz yoki savollaringiz boʻlsa, ushbu email orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin: infocap@gwu.edu.

 

Maqsud Salomov
Author: Maqsud Salomov