×

YUNESKO: Oʻzbekistonda kasbiy koʻnikmalar olami fototanlovi – sovrinli oʻrinlar 30 ta!


Grant

MUHLAT

13.11.2026

QOLGAN VAQT

11 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

520 marta

YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi mamlakatning professional ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga yanada moslashtirish va aholining ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasidagi boshqaruv tuzilmalarini mustahkamlashdir. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji va aholining turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Tanlov yo‘nalishlari:

  • Tenglik va inklyuzivlik
  • Yashil ko‘nikmalar va barqaror rivojlanish
  • Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt
  • Ijodiy industriyalar

Har bir ishtirokchi 4 tagacha fotosurat yuborishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Fotosuratlar tanlovi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin: 1 nafar g‘olib — 5 mln so‘m
  • 2-o‘rin: 4 nafar g‘olib — har biriga 3 mln so‘mdan
  • 3-o‘rin: 25 nafar g‘olib — har biriga 1 mln so‘mdan

Talablar:

Bu tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Loyiha doirasidagi fotosuratlar tanlovida faqat O‘zbekiston hududida olingan fotosuratlar qabul qilinadi. Har bir ishtirokchi 4 tagacha fotosurat yuborishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu tanlovga arizalar 2026-yil 13-noyabrgacha qabul qilinadi. Arizalarni onlayn tarzda toʻldirish va suratlarni onlayn arizaga biriktirish lozim. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirishingiz mumkin.

Maqsud Salomov
Author: Maqsud Salomov