MESMER Engineering kompaniyasi bakalavriat 4-kurs talabalari uchun olti oylik haq to‘lanadigan MESMER Graduate stajirovka dasturiga qabulni e’lon qiladi. 2027-yil yanvar–iyun oylarida o‘nta stajyor O‘zbekistondagi suv tozalash va oqova suvlarni tozalash inshootlarining haqiqiy loyihalarida ish olib boradi.
Dasturning maqsadi — kompaniyaga yosh mutaxassislarni jalb qilish va kuchli kadrlar zaxirasini shakllantirish. Stajyorlar shaxsiy mentor rahbarligida oldindan belgilangan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, dasturning eng yaxshi bitiruvchilari esa 2027-yil iyulidan ishga taklif qilinadi.
Beshta yo‘nalish, o‘nta o‘rin
Dastur beshta yo‘nalishning har birida ikkitadan o‘rin taklif etadi:
- Loyihalarni boshqarish — ish jadvallari, FIDIC shartnomalari, ishlar borishini nazorat qilish va risklar;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat (import) — uskunalar importi, Incoterms, bojxona va logistika;
- Biznesni rivojlantirish bo‘limi — bozor sharhlari, XMI tenderlari, hamkorlar va taqdimotlar;
- Ishlab chiqarish-texnik bo‘limi (ITB) — chizmalar, hajmlarni hisoblash, smetalar va ijro hujjatlari;
- Moliya bo‘limi — to‘lovlar, solishtirma dalolatnomalar, 1C, byudjet, pul oqimlari va dashbordlar.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriatning 4-bosqich talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan stajyorlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Oylik stipendiya (3 mln soʻm atrofida), ish o‘rni va zarur jihozlar;
- Shaxsiy mentor va oylik o‘quv reja;
- Birinchi kundanoq kompaniyaning haqiqiy loyihalarida ishlash;
- Haftalik o‘quv bloki: Excel, ishbilarmonlik ingliz tili, EPC/FIDIC, raqamli vositalar va sun’iy intellekt yordamchilari, taqdimot ko‘nikmalari;
- Qurilish maydoniga tashrif;
- MESMER Graduate sertifikati va eng yaxshi bitiruvchilar uchun ishga taklif.
Bandlik — haftasiga 30 soatgacha, o‘quv jadvali, davlat imtihonlari va bitiruv ishi himoyasi bilan muvofiqlashtirilgan moslashuvchan jadval asosida.
Talablar:
Ushbu dasturga dasturning yoʻnalishlariga aloqador sohada tahsil oluvchi bakalavriatning 4-kurs talabalari ariza topshirishi mumkin.
Nomzodlardan ingliz tili kamida B2 darajasida (IELTS 6.0+, TOEFL iBT 72+ yoki MESMER testi) bilish, rus va o‘zbek tillarida erkin muloqot qila olish hamda Word, Excel, PowerPoint va Outlook dasturlarida ishlay olish talab etiladi. Boshqa chet tillarini bilish, yuqori o‘zlashtirish, olimpiada va keys-chempionatlardagi ishtirok nomzodlarga ustunlik berishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.
Ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni internship@mesmer.uz email manziliga yuborishi kerak:
- Rezyume
- Bir sahifadan oshmaydigan motivatsion xat
- O‘qish joyidan ma’lumotnoma va transkript
- Agar mavjud bo‘lsa, ingliz tili sertifikati
Email mavzusi quyidagi boʻlishi kerak: “MESMER Graduate — [yo‘nalish] — [Familiya Ism]”. Bitta nomzod faqat bitta yoʻnalishga ariza topshira oladi.
Tanlov bosqichlari
- 2026-yil 30-noyabrgacha — arizalar qabuli;
- 1–7-dekabr — ingliz tili va ofis dasturlari bo‘yicha testlar;
- 8–14-dekabr — yo‘nalish bo‘yicha test va amaliy keys;
- 15–20-dekabr — MESMER komissiyasi bilan suhbat;
- 25-dekabrgacha — natijalar e’lon qilinadi. Dastur 2027-yil 4-yanvardan boshlanadi.
MESMER Engineering — O‘zbekistonda suv tozalash va oqova suvlarni tozalash inshootlarini loyihalash, uskunalar yetkazib berish va qurish bilan shug‘ullanadigan EPC pudratchisi. Kompaniyada 1 200 dan ortiq xodim ishlaydi.
Dastur bo‘yicha savollar yuzasidan quyidagi email orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin: internship@mesmer.uz.




