×

Buyuk Britaniya: MBA kurslari uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4863 marta

Buyuk Britaniyaning Brunel Biznes Maktabi (Brunel Business School)ning 2018-2019-yilgi grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Arizalar to’liq va yarim stavkali Biznes Boshqaruvi magistraturasi (Full Time and Part Time MBA) kurslari uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oq’ishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ajratilgan grantlar soni: To’liq stavkali tizim uchun – 30ta, yarim stavkali tizim uchun – 20ta.

Granting manfaatli jihatlari

  1. To’liq stavkada o’qimoqchi talabalar uchun grant kontraktning 6 500 funt sterling miqdorini qoplaydi (grantlar faqat birinchi yil uchun ajratiladi)
  2. Yarim stavkali o’qish tizimi uchun grant kontraktning ko’pi bilan 2 yilga teng taqsimlanadigan 9000 funt sterling miqdorini qoplaydi (yiliga 4500 funt sterling)
  3. Yarim stavkali tizim uchun yana bir grant (hukumat/davlat sektori) kontraktning 11000 funt sterling miqdorini ikki yilga teng taqsimlangan holda qoplaydi (yiliga 6500 funt sterling).

Talablar:

To’liq stavkali tizimdagi MBA grantiga nomzod sifatida siz:

  1. Brunel Biznes maktabining talablariga  javob berishingiz;
  2. Odamlar, byudjet yoki boshqa resurslarni boshqarish sohasida uch yildan kam bo’lmagan ish tajribasiga ega bo’lishingiz;
  3. Ingliz tili darajangiz IELTS 6.5 dan past bo’lmasligi (har bir qism ballari 6.0 dan past bo’lmagan holda);
  4. 2018-yilning sentabrida 2019-yanvarida boshlanadigan kurslariga o’qishga taklif qilingan bo’lishingiz;
  5. Va grantga ariza bilan birga talab qilingan insho va tarjimai holni taqdim etishingiz kerak.
  6. Grantga Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan bo’lgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

Nomzodlar keyinchalik suhbatdan o’tishlari kerak bo’ladi. Suhbat MBA qabul jamoasi tomonidan Skype orqali o’tkaziladi.

Yarim stavkali tizim granti uchun talablar:

  1. Ushbu grant kurs davom etishi kutilayotgan vaqt uchun, tegishli Buyuk Britaniya fuqarosi statusiga ega nomzodlar uchun ochiq.
  2. Xususiy yoki davlat sektorida ishlaydigan nomzodlarga ajratiladigan grant summalari farq qilgani uchun nomzodlarning ish joylaridan haqiqatdan ham shu yerda ishlashlarini tasdiqlovchi xat talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ariza topshirishda

  1. Ko’pi bilan 500 so’zdan iborat insho yoziladi. Inshoda nima uchun Brunel Biznes maktabi uchun munosib elchi bo’la olishingiz va bilim va tajribangiz grantga mos kelishini ko’rsatishingiz kerak
  2. Tarjimai hol ham taqdim etiladi.

Hujjat topshirish jarayoni

  • MBA dasturiga belgilangan usul va muddatda ariza topshiring
  • 2018-yil sentabrdan boshlanadigan kurs uchun MBA dasturiga 24-avgustgacha, 2019-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 1-dekabrgacha hujjatlar qabul qilinadi
  • Grant uchun arizangizni belgilangan oxirgi muhlatgacha onlayn tarzda topshiring (ushbu arizani topshirishdan oldin Brunel Biznes maktabining MBA kursiga hujjat topshirgan bo’lishingiz kerak).

Arizalar quyidagi muhlatlar ichida qabul qilinadi:

  1. 2018-yil sentabr kursi uchun – 2018-yil 7-sentabrgacha.
  2. 2019-yil yanvar kursi uchun – 2018-yil 15-dekabr (yanvar kurslariga grant uchun arizalar oktabr oyidan boshlab qabul qilinadi).

Eslatmalar:

Grant yutib olgan talabalar keyinchalik ta’sischilar tomonidan belgilangan ba’zi vazifalarni bajarishlari kerak bo’ladi, ko’zda tutilgan topshiriqlar:

  • MBA dasturini ichki va tashqi marketing va ishga qabul qilish tadbirlarida namoyish etish;
  • Bakalavr va aspirantlarga uchrashuvlar va seminarlar tashkil qilish;
  • Universitetda kechayotgan jarayonlar haqida hisobotlar yaratish;
  • Va zarurat tug’ilganda Brunel MBA blogi va / yoki boshqa tashabbuslarini yozishni o’z ichiga oladi.
  • Kech topshirilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.
  • Natijalar yakuniy hisoblanadi va qayta ko’rib chiqilmaydi.

Grant haqida savollaringiz bo’lsa quyidagishaxslarga murojaat qilishingiz mumkin:

  1. MBA direktori Bidit Dey – Bidit.Dey@brunel.ac.uk.
  2. Director yordamchisi Oksana Gerwe – Oksana.Gerwe@brunel.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!