×

O’zbekiston va Niderlandiya: Magistratura uchun to’liq grant va oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

01.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

5237 marta

Dunyoning atrof-muhit muhofazasi, yer va suv resurslarini boshqarish sohasidagi yetakchi o`rindagi (QS world university ranking 2017 ga asosan qishloq va òrmon xo`jaligi bo`yicha 1-o`rinda) Wageningen universiteti (WUR) va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) o’rtasidagi qo’shma magistratura (Double degree) uchun grant va oylik stipendiya e’lon qilindi. Ta`lim dasturiga ko’ra magistratura ta’lim bosqichining 1-bosqichi TIQXMMI da 2-bosqichi Wageningen universitetida amalga oshiriladi. Ta`lim dasturning maqsadi iqtidorli va umidli talabalarni qo’llab quvvatlash.

Ta`lim dasturiga qabul qilish kvotalar soni: 5 ta (qabul qilinuvchilar soni tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar talabiga ko`ra oshirilishi mumkin).

O’qish sohasi: Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslarini boshqarish) – TIQXMMIda 1yil, International Land and Water Management – Wageningen universitetida 1 yil.

Atrof-muhit muhofazasi (Geo-axborot tizimlari) – TIQXMMIda 1 yil, Environmental Sciences – Wageningen universitetida 1 yil.

Grant kimlar uchun?

Istalgan sohada bakalavrlik diplomiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Grant doirasida WURda o’qiyotgan talabaning shartnoma asosida oq’ishi to’liq qoplanadi (32000 yevro);
  • Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi (1000 yevrogacha);
  • WUR va TIQXMMIlarda o’qishni muvoffaqiyatli tamomlagan magistrant har ikki ta’lim muassasining diplomiga ega bo’ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  1. Bakalavr darajasidagi o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi 71 balldan yuqori bo’lishi lozim.
  2. IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilini bilish darajasi kamida umumiy 6 ball (so’zlashuv uchun kamida 6.0 ball bilan).

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar quyidagi ketma-ketlikda topshiriladi:
1. Passport o’lchamidagi surat.
2. Passport nusxasi.
3. Ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi test (IELTS) natijasi.
4. Ingliz tilida yozilgan motivatsiya xati.
5. Ikkita tavsiyanoma (nomzodga bakalavr bosqichida dars bergan professorlar, dekan va/yoki prorektorlar tomonidan beriladi).
6. Baholar ilovasi (ingliz tilida notarius tomonidan tasdiqlangan original tarjima).
7. Diplom(lar) nusxasi (ingliz tilida notarius tomonidan tasdiqlangan original tarjima).

Batafsil ma’lumotlar uchun:
Tel: +99871 2371934
Email: dilovar.e@mail.ru, alimpulatov@mail.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!