×

Singapur: PhD bosqichi uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

4819 marta

Singapurning 4 oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan SINGA dasturi grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar asosan Biomeditsina fanlari (Biomedical Sciences) hamda Fizika fanlari va Muhandislik (Physical Science and Engineering) yo’nalishlarida tatqiqot uchun ajratiladi va grant taqdim etilgan talaba A*STAR,  Nanyang Technological University (NTU), National University of Singapore (NUS) yoki Singapore University of Technology and Design (SUTD) universitetlaridan birida tahsil olgan holda tatqiqot olib boradi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SINGA dasturi doirasida grant taqdim etilgan talabaga 4 yilgacha muddat uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. Kontrakt to’lovi qoplab beriladi;
  2. 2000 AQSh dollari miqdoridagi oylik stipendiya ajratiladi (talaba saralash imtixonidan o’tgach stipendiya 2500 AQSh dollariga oshiriladi);
  3. 1500 AQSh dollarigacha miqdordari bir martalik pul mablag’i taqdim etiladi (aviatransport uchun);
  4. 1000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik moddiy yordam ajratiladi (talaba o’qishini boshlash va shaharda joylashib olishi uchun yordam tariqasida).

Uchinchi va to’rtinchi bandlardagi mablag’lar miqdoriga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Grantlar a’lochi, tatqiqot olib borishga qiziquvchi va ilm olishga chanqoq barcha xalqaro nomzodlar uchun ochiq.
  2. Nomzod ingliz tilida erkin yozma va og’zaki muloqot qila olishi kerak.
  3. Nomzodning o’qituvchilari yoki uning o’qishiga aloqador boshqa shaxslar tomonidan berilgan tavsiyanoma xatlarda u haqida yaxshi xulosa qilingan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

 Hujjat topshirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

  1. Dastlab nomzod tadqiqot dasturlari bilan tanishib chiqishi va keraklisini tanlashi lozim. Quydagi havolalar orqali 4 ta oliy ta’lim muassasasining PhD tadqiqot dasturlari bilan tanishishingiz umkin:
    A*STAR Supervisors and Projects
    NTU Supervisors and Projects
    NUS Supervisors and Projects
    SUTD Supervisors and Projects
  2. Kerakli hujjatlarni tayyorlang:
    – Passport nusxasi
    – Passport hajmidagi (formatidagi) fotosurat
    – Bakalavr va magistrlik diplomining ilovasi (baholar)
    – Bakalavr va magistrlik diplomlari va sertifikatlari (yoki agar o’qishni hali tamomlamagan bo’lsangiz, universitet ma’muriyatidan buni tasdiqlovchi xat)
    – GRE / IELTS / TOEFL / SAT I & II / GATE kabi imtixonlar natijalari (siz tanlagan loyihaning talablari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi, chunki loyihalarga qarab talablar ham o’zgarishi mumkin)
    – Ikkita tavsiyanoma (tavsiyanomalar onlayn tarzda tavsiya beruvchi tomonidan to’ldirilib jo’natiladi).
  3. Quyidagi muhim eslatmalar bilan tanishib chiqing:
    – Onlayn ro’yxatdan o’tayotganda ma’lumotlarni bexato kiriting, keyinchalik ularni o’zgartira olmaysiz. Bu ma’lumotlar akkauntingizni ishga tushirish uchun kerak bo’ladi.
    – O’z akkauntingizga kirgach, ariza portalida o’zingiz topshirayotgan grant nomini bexato yozing: “Singapore International Graduate Award (SINGA)”.
    – Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi, ularni SINGA offisiga pochta orqali jo’natmang.
    – Arizangizni imkon qadar erta topshiring. Siz uchun tavsiyanoma beruvchilar tavsiyanomalarini tayyorlab, onlayn tarzda taqdim etishlari uchun vaqt qoldiring.
  4. Onlayn tarzda ariza  topshiring.

Qo’shimcha ma’lumot

  • Arizangiz qabul qilinganidan so’ng kamida 12 hafta ichida sizga saralash natijalari e’lon qilinadi.
  • Onlayn ariza topshirganingizdan so’ng siz arizada ko’rsatgan shaxslarga tavsiyanomani qanday usulda berish haqida ko’rsatmalar elektron pochta orqali jo’natiladi.
  • Qo’shimcha ma’lumot uchun muhim savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Savollar yuzasidan singa_enquiries@hq.a-star.edu.sg elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!