×

Italiya: Magistratura va bakalavriat uchun 6ta stipendiya va 30ta to’liq grant!


Grant

MUHLAT

24.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

7380 marta

Italiyaning Venetsiya shahrida joylashgan Università Iuav di Venezia universiteti 2018-2019- o’quv yilida shu universitetning bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni boshlaydigan iqtidorli talabalarga grantlar taklif etmoqda.  Universitet 6 nafar talabaga stipendiya va 30 nafar talabaga kontrakt pulini to’lashdan to’liq ozod qiluvchi grantlar taqdim etadi. Stipendiya ko’rinishidagi grant talabaga faqat bir o’quv yili uchun taqdim etiladi. Kontraktga qaratilgan grantlar boshida bir yil uchun to’lab beriladi, lekin agar talaba a’lo baholarga o’qisa, kurs davomida yana yangilanadi.

Bu OTMda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kurslar mavjud:

Bakalavriat:

Magistratura:

 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

6ta stipendiyaning har biri 5000 yevroni tashkil qiladi. Italiya hukumatiga to’lanishi shart bo’lgan daromad solig’i (425 yevro)  ushlab qolingach har bir talabaga 4575 yevro miqdoridagi mablag’ qoladi. 30ta talaba esa kontrakt pulini to’lashdan butunlay ozod qilinadi. Grant yutib olgan talabalar boshida  180 yevro miqdoridagi soliq to’lovini amalga oshirishlari kerak bo’ladi.

Talablar:

Ushbu grant xalqaro nomzodlar uchun ochiq. Nomzodlar barcha ilmiy darajalari, maktab va akademik yoki o’rta-maxsus ta’limni  Italiya hukumatiga tegishli bo’lmagan  ta’lim muassasalarda olgan bo’lishlari shart. Shuningdek, nomzod italyan tilini bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha nomzodlar ariza topshirayotganda quyidagi hujjatlarni ilova qilishi kerak:

  1. Passportning PDF nusxasi;
  2. CV.

Bakalavr bosqichiga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  1. Kolej/litsey diplomi yoki baholarining PDF nusxasi;
  2. Kollaej/litsey diplomning haqiqiyligi va mavqeyini tasdiqlovchi hujjat (Dichiarazione di Valore, ENIC-NARIC sertifikati yoki diplom hamda baholar ro’yxatining Italyan tiliga tarjima qilingan va notaries tomonidan tasdiqlangan nusxasi);
  3. Italyan tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi hujjat.

Hali o’qishni tamomlamagan nomzodlar o’qiyotganliklari to’g’risidagi ma’lumotnoma va baholarini taqdim etishlari mumkin.

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  1. Bakalvrlik diploma va baholari ro’yxati nusxasi.
  2. Bakalavrlik diplomning haqiqiyligi va mavqeyini tasdiqlovchi hujjat (Dichiarazione di Valore, ENIC-NARIC sertifikati yoki diplom hamda baholar ro’yxatining Italyan tiliga tarjima qilingan va notaries tomonidan tasdiqlangan nusxasi);
  3. Italyan tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi hujjat.

Hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar onlayn ariza to’ldirishlari va unga ko’rsatilgan hujjatlarni ilova qilishlari kerak. Ariza to’ldirishda BA (bakalavriat) yoki MA (magistratura) bosqichlaridan birini tanlashni unutmang.

Dasturga qabul jarayoni

Hujjat topshirgan barcha nomzodlarni maxsus komissiya to’liq grant va stipendiya asosida ta’lim oluvchi talabalar guruhlariga saralab chiqadi. Bu saralash jarayonida:

  1. Nomzod taqdim etgan CV va ta’lim sifati (baholar) 50 balli tizimda baholanadi.
  2. Qochoqlar, xalqaro himoyaga muhtoj shaxslar yoki Italiya Ta’lim, Tatqiqot va OTMlar Vazirligining 1455 of 09/06/2017-sonli qaroriga asosan “rivojlanayotgan davlatlar” ro’yxatiga kiritilgan davlatlar fuqarolariga 25 ballgacha beriladi.
  3. Nomzodning italyan tilini bilish darajasi uchun yana 25 ballgacha qo’shiladi.

Nomzodlar to’plagan ballar 2018-yil 16-oktabrga qadar e’lon qilinadi. Grant taklif qilinayotgan nomzodlar taklifni 2018-yil 31-oktabrgacha qabul qilishlari zarur, aks holda grant bekor qilinadi.

Nomzod ushbu grantni qo’lga kiritishi uchun 2018-2019-o’quv yilida o’qishni boshlash uchun qabul qilinishi kerak.

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!