×

Shimoliy Irlandiya: PhD kurslari uchun to’liq grant va stipendiya


Grant

MUHLAT

13.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3052 marta

Irlandiya poytaxti Belfast shahrida joylashgan Queen’s University Belfast (QUB) universiteti PhD tadqiqot kurslari uchun ajratilgan grant o’rinlariga Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va dunyoning boshqa hududlaridan bo’lgan nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda. Kurs QUB ning Psixologiya Maktabida olib boriladi va bolalar psixologiyasi mavzusida bo’ladi. Grantlar ajratilgan PhD kurslaridan asosiy maqsad bolalarda kam o’rganilgan yengillik tuyg’usini chuqurroq o’rganish va (1) yengillik tuyg’usining bolalarda necha yoshdan shakllanishi, (2) bu tuyguning bolaning vaqt haqidagi tushunchasiga va (3) qaror qabul qilish qobiliyatiga ta’sirini o’rganishdir. Muvaffaqqiyali nomzodlar Queen’s University Belfast va University of Warwick va University of Birmingham o’zaro hamkorligida yengillik tuygusini o’rganish uchun olib borilayotgan keng miqiyosli, turli sohalarni qamragan loyihada ishtirok etadi. Ushbu kurs 2018-yil 1-oktabrda boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tadqiqot olib borishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida har bir talabaga Buyuk Britaniyalik va Yevropa Ittifoqidan bo’lgan talabalar uchun belgilangan o’quv kontrakt summasi to’liq qoplab beriladi va yiliga 14777 funt sterling miqdoridagi stipendiya uch yil davomida to’lab beriladi. Xalqaro talabalar uchun belgilangan kontrakt puli mahalliy talabalar uchun belgilangan kontrakt pulidan farq qilishi mumkin. Agar talaba Yevropa Ittifoqi yoki Buyuk Britaniyadan bo’lmasa, kontrakt pulidagi farqni o’zi qoplashi kerak bo’ladi. Xalqaro talabalar ham yiliga 14777 funt sterling miqdoridagi stipendiya bilan uch yil davomida ta’minlanadi.

Talablar:

Barcha nomzodlar tatqiqot olib borishni bilishlari, a’lo baholarga o’qigan bo’lishlari zarur. Hissiy va aqliy faoliyat bilan qiziquvchi nomzodlar bu kurs uchun ayniqsa mos hisoblanishadi. Undan tashqari, barcha nomzodlar:

  1. Ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak. IELTS kamida 7 bo’lishi va hech qaysi band 6.5 dan kam bo’lmasligi zarur;
  2. Psixologiya bo’yicha magistratura kursini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishlari kerak.
  3. Kurslar uchun to’liq talablar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda bo’ladi, shuning uchun taqdim etilishi kerak bo’lgan quyidagi hujjatlarning yuqori sifatli elektron variantlarini tayyorlab qo’ying:

  1. Bakalavriatdan boshlab barcha tugallangan kurslarning baholari (hali o’qishni tamomlamagan nomzodlar shu paytgacha olingan baholarni taqdim etishlari mumkin;
  2. Bakalavriatdan boshlab barcha tugallangan kurslarning diplomlari- tugallangan har bir kurs uchun shu kursning diplomi va baholarini onlayn arizaga bitta hujjatga jamlab joylang. Masalan, bakalavriat uchun bitta hujjat =ga diplom va baholar jamlanadi, va magistratura va qolgan kurslar (3 tagacha) uchun ham alohidadan hujjatlar taqdim etiladi.
  3. Tatqiqot taklifi (research proposal);
  4. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi test natijalari.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi kerak. Agar original hujjat boshqa tilda bo’lsa, rasmiy tarjimaga qo’shib taqdim etilishi zarur.

Hujjat topshirish jarayoni

Agar grant sizni qiziqtirsa, ariza topshirishdan oldin  Dr Aidan Feeney bilan a.feeney@qub.ac.uk elektron manzili orqali bog’laning. Siz uchun tavsiyanoma beruvchi va shaxsingiz haqida ma’lumot beruvchi ustozlaringizni oldindan ogohlantriib qo’ying, chunki ariza tasdiqlangach ularga tavsiyanoma uchun avtomatik xat jo’natiladi. Nomzodlar keyinchalik suhbatga taklif qilinishadi va o’zlari olib bormoqchi bo’lgan tadqiqot haqida 10 daqiqa taqdimot qilishlari kerak bo’ladi. Saralashdan o’tgan nomzodlarga universitetning o’zi bog’lanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!