×

Avstraliya: magistratura va doktorantura uchun to’liq grant va yillik 18700 AQShdollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

13865 marta

Avstraliyada joylashgan Adelaide Universitetining Adelaide Scholarships International (ASI) grantlari uchun xalqaro nomzodlardan arizalar qabul qilinmoqda. Bu grantlar orqali universitet iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Universitetda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kurslar mavjud:

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ASI grantini yutib olgan talabaga quyidagi moddiy ta’minot ajratiladi:

  1. Talabaning o’quv kursi kontrakt puli qoplab beriladi: magistratura kurslari 2 yil davom etadi va kontrakt ikkala yilga ham to’lab beriladi; doktorantura uch yil davom etadi va uch yillik kontrakt to’lovi ham qoplanadi.
  2. Har bir talaba o’quv kursining davomiyligiga qarab 2 yoki 3 yil davomida yillik stipendiya bilan ta’minlanadi. 2019-yil uchun bu stipendiya miqdori 26 ming 288 Avstraliya dollari (taxminan 18700 AQSh dollari)ni tashkil etadi.
  3. Agar talaba Subclass 500 vizasiga ega bo’lsa, u va uning oilasi uchun majburiy tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi. Agar talaba Subclass 500 vizasiga ega bo’lmasa, tibbiy sug’urta xarajatlarini o’z bo’yniga olishi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grant yutib olishni xohlovchi nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan va yuqori tatqiqot potensialiga ega bo’lishi kerak;
  3. Nomzod Adelaida Universitetida olmoqchi bo’lgan darajaga teng boshqa darajaga ega bo’lishi mumkin emas;
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak; ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi;
  5. Nomzod Avstraliya va Yangi Zelandiyaning doimiy rezidenti (doimiy yahovchi) yoki fuqarosi bo’lmasligi kerak;
  6. Sirtqi ta’lim olmoqchi talabalar grantga hujjat topshirmaganlari ma’qul, ularning arizalari grant uchun ko’rib chiqilmaydi;
  7. Nomzod Adelaida Universitetiga “xalqaro talaba” sifatida hujjat topshirgan bo’lishi va o’qish davomida shu statusni saqlab turishi shart;
  8. Agar nomzod Adelaida Universitetida olmoqchi bo’lgan daraja bo’yicha o’qishni biror yerda boshlab bo’lgan bo’lsa, uning arizasi ko’rib chiqilmaydi. Agar u o’tgan qabul mavsumi payti hujjat topshirishga ulgurmay qolgan bo’lsa, buni ko’rsatishi kerak;
  9. Agar nomzod biror qabul mavsumida barcha talablarga mos bo’lib, grant yutolmagan bo’lsa, uning arizasi keyingi mavsum uchun avtomatik tarzda ko’rib chiqiladi (arizani qayta topshirish shart bo’lmaydi). Agar nomzod ikki marta ham grant yutolmasa kelasi mavsumlarda uning arizasi grant uchun umuman ko’rib chiqilmaydi;
  10. Nomzod Avstraliya hukumati, Adelaida Universiteti yoki rasman Avtraliyaga tegishli bo’lgan boshqa manbadan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas. Agar shunday bo’lsa, talaba grant yutib olgan taqdirda ham universitet uni bekor qilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayonida daraja va yo’nalishga qarab zaruriy hujjatlar o’zgarish ehtimoli bor, lekin quyidagi hujjatlarni tayyorlab qo’ysangiz, ariza topshirishingiz muammosiz bo’ladi:

  1. Passport nusxasi;
  2. Viza uchun ariza tasdiqlangani haqidagi hujjat yoki (agar olingan bo’lsa) vizaning original nusxasi; Immigratsiya va Chegara Xavfsizligi departamentiga vizangiz tasdiqlangani haqida email jo’natsangiz ham bo’ladi.
  3. Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi test natijalari: IELTS (academic), TOEFL (IBTyoki PBT), Cambridge English (advanced CAE);
  4. Shu vaqtgacha tamomlagan barcha kurslaringizning baholari (ingliz tiliga rasmiy tarjimalari bilan);
  5. Baholash tizimi haqida ma’lumot (ingliz tiliga rasmiy tarjimalari bilan);
  6. Barcha kurslar (darajalar) diplomlari (ingliz tiliga rasmiy tarjimalari bilan);
  7. Agar biror homiy tomonidan sizga moddiy ta’minot taklif qilingan bo’lsa, buhaqidagi yozma daliliy hujjat (ingliz tiliga rasmiy tarjimalari bilan);
  8. Agar taqdim etilayotgan birorta hujjatda ismingiz o’zgargan bo’lsa, buning rasmiy sababini ko’rsatuvchi hujjatlar (masalan, nikohdan o’tganligingiz haqidagi hujjat). Bu ham rasmiy tarjimasi bilan birga taqdime tilishi zarur;
  9. Siz ko’rsatgan ilmiy nazoratchi bilan bog’langaningizni ko’rsatuvchi hujjat;
  10. CV;
  11. Agar ilgari tadqiqot ilib borgan bo’lsangiz, “research abstract” (tahminna 500 so’z atrofida) ham taqdim etish zarur, bunda qanday taqdiqot olib borganingiz va qanday natijalar chiqqanini ko’rsatish kerak bo’ladi;
  12. Agar tadqiqot olib borish bo’yicha biror kursga qatnashgan bo’lsangiz, buni tasdiqlovchi hujjat;
  13. Agar Fizika (yoki iqtisodiyot) yo’nalishiga hujjat topshirayotgan bo’lsangiz, ilgarigi o’qishingiz paytida o’tilgan eng asosiy fizika (yoki iqtisodiyot) fanlari haqida 4 sahifagacha bo’lgan ma’lumot-buni o’zingiz yozishingiz zarur;
  14. Tadqiqot taklifi (research proposal): Gumanitar va ijtimoiy fanlar, kompyuter fanlari va muhandislik yoki salomatlik fanlari va sohalari yo’nalishlariga hujjat topshirayotgn nomzodlar research proposal topshirishlari zarur. Tatqiqot taklifi yozishda mana bu namunadan foydalaning.
  15. Agar siz shu vaqtgacha olgan eng yuqori ilmiy daraja yakunida ingliz tilida dissertatsiya yoki tatqiqot ishi yozgan bo’lsangiz, uning bir nusxasi.
  16. Tavsiyanoma(lar);
  17. Agar arizangizga aloqador biror tashkilotga a’zo bo’lsangiz, u haqidagi ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshirishingiz mumkin;
  18. Arizangizga aloqador bo’lgan biror yerda ish tajribangiz bo’lsa, buni ko’rsatuvchi materialni ham taqdim etish mumkin.

Grantlar baholar va tatqiqot qila olish potensialiga qarab beriladi, shuning uchun tatqiqot potensialingizni ko’rsatishi mumkin bo’lgan barcha materiallar sizning foydangizga ishlaydi.

Hujjat topshirish jarayoni

Hujjat topshirishdan oldin nomzod qaysi dastur bo’yicha o’qishini rejalashtirib olishi, bu dastur uchun talablarni ko’rib chiqishi, qaysi mavzu yoki bo’limdan tadqiqot olib borishi va kimlarni ilmiy rahbar qilib olishini o’ylab qo’yishi va undan keyingina ariza topshirishi zarur.  Tatqiqot yo’nalishlari va nazoratchilar haqida batafsil ma’lumotni ko’rib chiqish juda muhim, buning uchun bu yerga kirib, “step 3” tugmasini bosib, matnni kengaytirib olish kerak. Barcha fakultetlar va nazoratchilar haqida ma’lumotlar shu yerda joylashgan.

Ariza topshirish jarayonida ma’lumotlarni keyinchalik to’ldirish yoki to’g’irlash uchun saqlab qo’yish mumkin. Kerakli barcha hujjatlar 2019-yilning 30-apreliga qadar topshirib bo’linishi kerak. Noto’liq hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.

Eslatmalar

  • Ma’lumot uchun: +61 8 8313 5882, centre@adelaide.edu.au.
  • Muhim savol-javoblar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Adelaida Universitetida o’qish qanday ekanini bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu videoni ko’rishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!